Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 259 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


UZSALAMAN POYABZALLARINI MARG’ILON SHAHRIDA ISHLAB CHIQARISH YO’LGA QO’YILDI

×

 2023-11-14 20:09:08    1650

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Marg’ilon shahridagi yangi investitsion loyihalar, aholi bandligini ta'minlash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida “Edgar 777” MChJ tomonidan amalga oshirilgan poyabzallar ishlab chiqarish korxonasi bilan tanishdi.

Ko’p yillar davomida Farg’ona shahrida faoliyat olib borgan “Uzsalaman” korxonasining vorisiyligi asosida tashkil etilgan, loyiha qiymati 5 mlrd. so’m bo’lgan ushbu korxonada 50 dan ortiq doimiy ish o’rni yaratilgan bo’lib, korxona yillik 10 mlrd. so’mlik sifatli mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona yangi “UzEdgar” brendi ostida ham mahsulotlarini bozorga taqdim etmoqda.

Farg’ona viloyatida mahoratli kosiblar qatlami mavjudligi, viloyatda ishlab chiqarilayotgan poyabzallarga mamlakatimiz ichki bozorida hamda qo’shni davlatlarda katta talab borligini qayd etgan viloyat hokimi, loyihani yanada kengaytirish, xalqaro bozorlarga chiqish, ishlab chiqarish hajmini va ish o’rinlarini ko’paytirish bo’yicha o’z tavsiyalarini berib, loyiha tashabbuskorlariga bu borada har tomonlama ko’maklashishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Viloyat hokimi, tarmoq tortish ishlarini jadallashtirish, ishlarning sifatli bajarilishini ta'minlash bo’yicha mutasaddilarga ko’rsatmalar berdi





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram