Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATI DELEGATSIYASI “CHXUNCHXONNAM PROVINTSIYASI XALQARO MADANIYAT HAFTALIGI – 2023” TADBIRIDA ISHTIROK ETDI
2023-11-15 12:51:44 1944
Koreya Respublikasining Chxunchxonnam provintsiyasi hokimligi taklifi bilan Farg’ona viloyati san'atkorlari delegatsiyasi “Chxunchxonnam provintsiyasi Xalqaro madaniyat haftaligi – 2023” (Chungcheongnam-do Global Cultural week 2023) tadbirida ishtirok etdi. Delegatsiyaga viloyat Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i Ziyodbek Yunusov rasmiy boshchilik qildi.
Shu yilning 7-14 noyabr kunlari bo’lib o’tgan madaniy tadbirda O’zbekistondan tashqari, qo’shni Qozog’iston, Xitoy va Mongoliya davlatlaridan ham san'at vakillari taklif etildi.
Madaniyat haftaligi rejasiga ko’ra, dastlab “SPLAS RESOM” mehmonxonasi anjumanlar zalida tashkilotchilar hamda xorijiy davlatlardan kelgan mehmonlar ishtirokida “Chxunchxonnam provintsiyasi Xalqaro madaniyat haftaligi – 2023” tadbirining rasmiy ochilish marosimi tashkil etildi.
Tantanali ochilish marosimida har bir mamlakat delegatsiyasi rahbari so’zga chiqib, ushbu anjuman o’zaro mehmon davlatlarning milliy va madaniy salohiyatini namoyish etishi hamda do’stlik rishtalarini yanada mustahkamlash uchun qulay imkoniyat ekanligini e'tirof etdilar. Shuningdek, madaniyat va san'at bayrami Koreya Respublikasida tahsil olayotgan hamyurtlar uchun munosib tuhfa ekanligi ta'kidlandi.
Madaniyat haftaligi doirasida Asan shahrida joylashgan Sun Moon universitetida, “Esan Yun Bong-gil gimnaziyasi”da hamda Chxunchxonnam provintsiyasi madaniyat markazida talabalar (ular orasida farg’onalik talabalar ham bor) va hudud aholisi uchun kontsert dasturlari tashkil etildi.
Shuningdek, Chxunchxonnam provintsiyasi madaniyat markazida kontsert dasturi avvalida 4 ta davlat uchun alohida stend ajratilib, ko’rgazma o’tkazildi. Unda boshqa davlatlar qatorida Farg’onaning milliy liboslari va qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlari namoyish qilindi.
Chxunchxonnam provintsiyasi hududlarida yuqori kayfiyatda o’tkazilgan bayram tadbirlari davomida Farg’ona viloyati san'atkorlari tomonidan namoyish etilgan kontsert dasturi ham barchaga birdek manzur bo’ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram