Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
MAHALLADA TADBIRKORLIK: FARG’ONA SHAHRIDAGI SURXTEPA MFYDA OILAVIY POYABZAL ISHLAB CHIQARISH KORXONASIDA QISQA MUDDATDA 150 TA ISH O’RNI YARATILDI
2023-11-15 12:55:37 2045
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Farg’ona shahridagi Surxtepa MFYda “Xayrixon Kamol orzu” oilaviy poyabzal ishlab chiqarish korxonasining kengaytirilgan yangi loyihasi ochilish tadbirida ishtirok etdi.
Kamoliddin Zokirov rahbarligidagi ushbu oilaviy korxonada 2022 yil boshida 20 nafar ishchi bo’lgan. O’tgan yil yakuniga qadar mahalladagi hokim yordamchisi bilan hamkorlikda 50 nafar ishchi olindi.
2022 yil noyabrda viloyat hokimining mazkur korxonaga tashrifidan so’ng tadbirkor o’z xonadonida ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirish uchun qurilish ishlarini olib bordi. Jami 2 mlrd. 300 mln. so’mlik qurilish va jihozlash ishlari amalga oshirilib, hozirda ishlovchilar soni 150 nafarga yetdi.
Korxonada 15 turdagi ayollar poyabzallari ishlab chiqarilmoqda.
Tadbirda bunday korxonalarning barpo etilishi Davlatimiz rahbarining bugungi kunda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag’allikni qisqartirish va yangi ish joylarni tashkil etish borasida tatbiq etayotgan siyosatining amaldagi ijrosi ekani ta'kidlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram