Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 224 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


PROFILAKTIK HISOBDA TURGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN “SIZ BIZ UCHUN QADRLISIZ” SHIORI OSTIDA MADANIY TADBIR TASHKIL ETILDI

×

 2023-11-15 15:44:11    1953

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi Sharqiy harbiy okrug ma'naviyat va ma'rifat markazida “Siz biz uchun qadrlisiz” shiori ostida madaniy tadbir bo’lib o’tdi.

Viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi va Reabilitatsiya va moslashtiruv markazi viloyat bo’limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirga viloyatning shahar va tumanlaridan profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar taklif etildi.

Tadbir maqsadi profilaktik hisobda turgan xotin-qizlarning muammolarini o’rganish va o’z vaqtida, sifatli hal etish, ularga tibbiy, ijtimoiy, huquqiy, psixologik va boshqa turdagi yordamlar ko’rsatish, jamiyatda o’z o’rinlarini topishiga ko’maklashishdan iborat.

Tadbirda so’z olganlar tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og’ir, ishsiz va kasb-hunarga ega bo’lmagan, huquqiy va ma'naviy-psixologik qo’llab-quvvatlashga zarurati bo’lgan ayollar uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilgani, mehnati bilan oilasi, ro’zg’orini but qilib yashashi uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi, farzandlari tarbiyasi, kelajagi uchun ularning mehr-muhabbatlari zarurligi qayd etildi. Tadbirda ishtirok etayotgan xotin-qizlar, baxtli hayot – oila, farzandlar, ota-ona va do’stlar davrasida ekanligini doimo yodda tutishlari lozimligi ta'kidlandi.

Tadbirga taklif etilgan ayollar ham ozodlikni qadriga yetish, oilasi, farzandlari davrasida baxtli yashash kerakligi haqida to’xtalib, o’zlariga ishonch bilan berilgan imkoniyatlar uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdilar.

Ishtirokchilariga sovg’alar ulashildi, xonandalar ijrosidagi qo’shiqlar esa barchaga birdek manzur bo’ldi.

Shu kuni xotin-qizlar uchun mehnat yarmarkasi, tibbiy ko’rik tashkil etildi, ular uchun zarur bo’lgan dori-darmonlar bepul tarqatildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram