
 Farg'ona viloyati hokimi
	Hayrullo Hayitbayevich Bozarov 
		
				
				
		
		
			
		
		
		
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
	
	
		
		
	.
.
Saytni baholash
		OTAXON XAYRULLAYEV VILOYAT HOKIMINING FARG’ONA VA XITOY O’RTASIDA SAVDO-IQTISODIY VA INVESTITSIYAVIY HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI BO’YICHA MASLAHATCHISI ETIB TAYINLANDI
	
				
	
2023-11-15 19:40:24 3147
Xayrullayev Otaxon Bahodirovich viloyat hokimining Farg’ona va Xitoy o’rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Otaxon Xayrullayev ushbu lavozimda jamoatchilik asosida ish olib boradi.
Otaxon Xayrullayev 1991 yilda Farg’ona shahrida tug’ilgan. Farg’ona politexnika institutini hamda Xitoydagi Tyantszin politexnika universitetini qurilish yo’nalishida tamomlagan. 2016 yildan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanib kelgan.
Viloyat hokimining maslahatchisi funktsiyalari barcha tegishli boshqarma va tashkilotlarning Farg’ona va Xitoy o’rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, viloyatimizga Xitoy investitsiyalarini keng jalb etish, viloyatimizda ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan mahsulotlarning Xitoyga eksporti ko’lamini kengaytirish borasidagi ishlarini muvofiqlashtirish, Farg’ona va Xitoy ishbilarmonlarining o’zaro hamkorligini oshirish va boshqa aloqador masalalarni qamrab oladi.
Otaxon Xayrullayev viloyatimizda investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, xorijiy investorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, davlat xizmatlari olishlarini qulaylashtirish, investorlarga faoliyatining huquqiy, iqtisodiy va boshqa masalalari bo’yicha maslahatlar berish hamda ularga yuzaga keladigan masalalarni hal etishda zarur yordam va tezkor ko’mak ko’rsatish maqsadida yaqinda Farg’ona shahrida tashkil etilgan Xitoylik tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash markazi faoliyatiga ham rahbarlik qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
    Facebook,
    Telegram,
    Facebook,
    YouTube,
    Instagram

		
	


