Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 136 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FURQAT TUMANIDA “USTOZLAR BOG’I” TASHKIL ETILDI

×

 2023-11-16 11:48:48    2246

PDF yuklash
Chop etish


“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Furqat tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi xodimlari, tumandagi 91 ta ta'lim muassasalari rahbarlari tashabbusi bilan 17- umumta'lim maktabida “Men ko’chat ekdim. Sizchi?” shiori ostida “Ustozlar bog’i” tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi Jahongir Jumanov ishtirok etib, ta'lim maskanlarida ko’kalamzorlashtirish, ko’chat ekish, yashil hududlar barpo etish ishlarini yanada kengaytirish lozimligini, ushbu xayrli amallar ona tabiatni asrashda muhim o’rin tutishini ta'kidladi.

Tadbir ishtirokchilari ezgu niyat bilan maktab hududida 250 tup mevali daraxt ko’chatlarini ekishdi.

Tadbir davomida tumandagi 79 ta ta'lim muassasalarida yashil maskan barpo etish uchun tuman hokimligi va O’rmon xo’jaligi tomonidan 2300 tup manzarali daraxt ko’chatlari – 600 tup yapon svforasi, 700 tup zarang, 460 tup akatsiya, 100 tup chinor, 180 tup sosna, 50 tup mojjevelnik, 100 tup na'matak, 110 tup katalpa ko’chatlari hamda meva daraxtlari ko’chatlari ta'lim muassasalariga tarqatildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram