Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 94 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA XALQARO BAG’RIKENGLIK KUNIGA BAG’ISHLANGAN MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR BO’LIB O’TDI

×

 2023-11-16 17:05:23    2422

PDF yuklash
Chop etish


16 noyabr – Xalqaro bag’rikenglik kuniga bag’ishlab yurtimizda “Ma'rifat va millatlararo bag’rikenglik” shiori ostida o’tkazilayotgan “Bag’rikenglik haftaligi” doirasida Farg’onada viloyat hokimligi hamda Din ishlari bo’yicha qo’mitaning viloyat boshqarmasi hamkorligida “Konfessiyalararo muloqot va diniy bag’rikenglik – jamiyat barqarorligi garovi” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Farg’ona davlat universiteti zalida tashkil etilgan tadbirda Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi, O’MIning viloyat vakilligi hamda Adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari, Farg’ona shahrida joylashgan masjidlarning imom-xatiblari va noislomiy diniy tashkilotlar rahbarlari, viloyatdagi nemis, slavyan, yahudiy, tatar, qirg’iz, koreys, tojik, turk milliy madaniy markazlari rahbarlari va a'zolari, talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni targ’ib etuvchi “Bag’rikeng diyor” nomli fotoko’rgazma namoyishi bilan boshlangan tadbirni ochib bergan viloyat hokimining o’rinbosari Jamshed Xatamov yig’ilganlarni Xalqaro bag’rikenglik kuni bilan tabriklab, chinakam insonparvarlik va bag’rikenglik diyori bo’lgan O’zbekiston zaminida Muhtaram Prezidentimiz olib borayotgan oqilona davlat siyosati natijasida 130 dan ortiq millat va elat vakillari o’zaro tinch va ahil yashab, hamkorlik, hamfikrlik va hamjihatlikda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo’shib kelayotganini qayd etdi.

4 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan Farg’ona viloyatida 400 ming atrofida o’nlab millat va elat vakillari millatlararo totuvlikda, og’a-inilik rishtalari bilan bog’langan holda ahil hayot kechirayotgani, viloyatimizda 8 ta – rus, tojik, tatar, nemis, qirg’iz, yahudiy, koreys va turk milliy madaniy markazlari, 15 ta noislomiy diniy tashkilotlar faoliyat olib borayotganiga e'tibor qaratildi.

Viloyat Adliya boshqarmasi bo’lim boshlig’i Aligavhar Qosimov “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunda diniy bag’rikenglik tamoyillar” mavzusida ma'ruzasi bilan, dinlararo totuvlikni va bag’rikenglikni ta'minlash masalasiga bugungi davlat siyosatida qaratilayotgan alohida e'tiborning o’ziga xos jihatlarini sharhlab berdi.

Tadbir Milliy madaniy markazlarning badiiy jamoalari tomonidan tashkillangan “Bag’rikenglik ohanglari” kontsert dasturi bilan yakun topdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram