Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 174 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG’I QABUL QILINGANLIGINING 32 YILLIGI KENG NISHONLANDI

×

 2023-11-18 13:37:01    2397

PDF yuklash
Chop etish


Bugun mamlakatimiz bo’ylab qutlug’ bayram – O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilingan kun tantanalari bo’lib o’tmoqda. Dunyo uzra mustaqil O’zbekistonning bayrog’i hilpiray boshlaganiga mana 32 yil to’ldi.

Ushbu kun munosabati bilan bugun Farg’ona shahrida viloyat hokimligi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondonligi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, O’zbekiston mudofasiga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida tantanali tadbir tashkil etildi.

Dastlab Farg’ona shahrining al-Farg’oniy ko’chasi bo’ylab ulkan bayroq askarlar ko’magida keng yoyilib, harbiy orkestr jo’rligidagi musiqa sadolari ostida Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va kontsert saroyigacha bo’lgan masofaga olib borildi. Shahrimiz aholisi va mehmonlari, keksa-yu yosh ushbu jarayonni zavq bilan, vatanparvarlik hissi yanada jo’sh urgan holda kuzatib bordilar.

Viloyat teatr va kontsert saroyining old sahnasida "Muqaddasdir Vatan bayrog’i" shiori ostidagi bayram tadbirining rasmiy qismi bo’lib o’tdi.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullajon Qosimov o’ttiz ikki yildirki, bayrog’imiz xalqaro maydonda mamlakatimizning kuch-qudrati, mustaqilligimizning jahon aro ifodasi ramzi bo’lib xizmat qilayotganiga e'tibor qaratdi.

Joriy yilgi bayram ham Muhtaram Prezidentimizning “O’zbekiston bayrog’i har bir xonadonda hilpirab turishiga ruxsat beruvchi hujjatni qabul qilish vaqti yetdi” degan vatanparvar tashabbuslari bilan “O’zbekiston Davlat bayrog’i to’g’risida”gi qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi qonun qabul qilingani, unga ko’ra, jonajon Vatanimiz timsoli va mustaqilligimiz ramzi bo’lgan davlat bayrog’imizdan jamoat joylarida, binolarda, yashash va ish joylarimizda, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda keng foydalanishga boshlangani bilan ajralib turishligi ta'kidlandi.

Bayram tadbiri davomida O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Ulug’imsan, Vatanim” mavzusida o’tkazilgan ijtimoiy videoroliklar tanlovida g’oliblikni qo’lga kiritgan ishtirokchilar ham taqdirlandi.

Yosh san'atkorlarning musiqiy chiqishlari esa barchaga ko’tarinkilik bag’ishladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram