
 Farg'ona viloyati hokimi
	Hayrullo Hayitbayevich Bozarov 
		
				
				
		
		
			
		
		
		
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
	
	
		
		
	.
.
Saytni baholash
		EKOSHAHARDA QURILISH ISHLARI YAKUNIY BOSQICHGA KIRDI
	
				
	
2023-11-18 19:20:32 3194
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan Farg’ona shahrida barpo etilayotgan Ekoshaharda – “Yangi O’zbekiston” massivida bo’lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo’ljallangan yo’ldosh shaharchani bunyod etish ishlarining dastlabki bosqichi yakuniy pallaga kirdi. Joriy yilda Ekoshaharda jami 73 ta ko’p qavatli uylar barpo etilayotgan bo’lib, hozirgi kunda 15 tasi to’la foydalanishga topshirildi, qolganlarida qurilish-montaj ishlari tugallanib, ichki pardozlash va tashqi fasad ishlari olib borilmoqda.
Ekoshahar hududida 3 ta maktabgacha ta'lim muassasasi, 2 ta umumta'lim maktabi hamda 1 ta qatnovli poliklinika binolari qurib, foydalanishga qabul qilindi. 4000 o’rinli amfiteatr qurilishi yakunlanmoqda.
Ekoshaharning ichki muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tortish ishlari bitkazildi, issiqlik ta'minoti uchun qozonxona binosi qurilishi yakuniga yetdi, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tortish bo’yicha ishlar ham jadal yakunlanmoqda. Ichki yo’llarni barpo etish ishlari boshlandi.
Viloyat rahbari mas'ullar va quruvchilar bilan suhbatlashib, har bir ob'ekt bo’yicha qurilish ishlarining borishini birma bir joyida muhokama qildi. Bolalar maydonchalari, sport maydonchalari, yashil hududlar barpo etish ishlarini sifatli amalga oshirish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
    Facebook,
    Telegram,
    Facebook,
    YouTube,
    Instagram

		
	


