Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV QO’QONDA OBODONLASHTIRISH, KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HAMDA ENERGIYA RESURSLARI BO’YICHA DEBITOR QARZDORLIKNI KAMAYTIRISH BO’YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR YUZASIDAN O’RGANISH OLIB BORDI

×

 2023-11-20 11:20:47    2585

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birga Qo’qon shahrida bo’lib, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarining borishi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda energiya resurslari to’lovlari va soliqlar bo’yicha debitor qarzdorlikni kamaytirish borasidagi ishlar yuzasidan o’rganish olib bordi.

O’rganishlar jarayonida energiya resurslari to’lovlari va soliqlar bo’yicha aholining va tadbirkorlik sub'ektlarining debitor qarzdorligi yuqori ekanligi, xususan elektr energiyasi bo’yicha 24 mlrd. so’mdan ziyod, gaz ta'minoti bo’yicha 56 mlrd. so’mdan oshiq debitor qarzdorlik mavjudligi, bu borada tizimli ish tashkil etishga kirishilgani, biroq belgilangan chora-tadbirlar yetarli emasligi ko’zga tashlandi.

Shartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan iste'molchilarga nisbatan tarmoqdan uzish, sudga da'vo arizasi kiritish kabi choralar ko’rishga boshlangani, biroq bu jarayon yirik qarzdorlarning barchasini hali to’la qamrab ulgurmaganiga tanqidiy e'tibor qaratildi. Energiya resurslari ta'minoti hisob-kitob tizimida mavjud muammolar ham tanqidiy tahlil qilindi.

To’xlimergan hamda Ziyolilar MFY hududlarida yashovchi aholi xonadonlari, shuningdek, shahardagi qator tadbirkorlik sub'ektlarida to’lov imkoniyati bo’la turib, 5-10 mln. so’m va undan ortiq qarzdorligi mavjud iste'molchilar borligi ko’zga tashlandi. Ularga nisbatan tarmoqdan uzish choralari belgilandi. Ba'zi xonadonlarda, xususan To’xlimergan MFYda yashovchi Mansur To’xtayev xonadonida qarzdorlikni so’ndirish uchun xonadonda yashovchilarda doimiy daromad manbaiga ega bo’lishga intilish mavjud emasligiga guvoh bo’lindi. Viloyat hokimi hudud uchun mas'ul sektor rahbari – shahar soliq inspektsiyasi boshlig’iga xonadonda yashovchi erkaklarga doimiy ish topib berish, 7 sotixli xonadonda issiqxona barpo etishga ko’maklashish kabi vazifalar yukladi.

“Hududgaz Farg’ona” Qo’qon shahar gaz bo’limida amalga oshirilgan ishlarni o’rganish chog’ida ba'zi qarzdor xonadonlar tarmoqdan uzib qo’yilishiga hamda bu borada tegishli dalolatnomalar tuzilganiga qaramay, o’zboshimchalik bilan tarmoqqa qayta ulanib olish holatlari mavjudligi ham ma'lum bo’ldi. Shahar prokuraturasi va ichki ishlari organlariga O’zenergoinspektsiya hamda ta'minot idoralari bilan hamkorlikda elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan ko’rsatma berildi.

Qo’qon shahrida energiya resurslari bo’yicha debitor qarzdorlikni keskin kamaytirish, shartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan iste'molchilarga nisbatan ta'sirchan choralar qo’llash, to’lovlarni muntazam ravishda amalga oshirilishini ta'minlash bo’yicha shahar sektorlari rahbarlariga hamda sohalar mutasaddilariga qat'iy vazifalar yuklatildi.

Shahar soliq inspektsiyasi mas'ullari bilan muloqot qilgan viloyat hokimi, byudjetning muhim qismi bo’lgan soliqlarning o’z vaqtida undirilishini ta'minlash, aholi hayotini yaxshilash borasida belgilangan ishlarni, ijtimoiy loyihalarni to’la bajarilishida muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlab, bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi kuzgi daraxt ekish ishlarini jadallashtirish, davlat ijtimoiy soha ob'ektlari isitish tizimlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini sifatli yakunlash bo’yicha shahar mutasaddilariga tegishli topshiriqlar berildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram