Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
Farg‘ona viloyatini 2022-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va 2023-yilda erishiladigan natijalar
2023-01-15 15:43:12 768
IQTISODIY KOMPLEKS.
1). 2022-yilda viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi 56 trln. so‘mni (104,6%) tashkil etdi, shuningdek, 30,4 trln. so‘mlik (104,8%) sanoat, shu jumladan 14,6 trln. so‘mlik hududiy sanoat, 33,4 trln. so‘mlik (103,6%) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilib, 22,0 trln. so‘mlik (114,5%) bozor xizmatlari ko‘rsatildi.
2023-yil yakuni bilan yalpi hududiy mahsulotni 65,2 trln. so‘mga (105,2 foiz), jami sanoatni 35,0 trln. so‘mga (107,8 foiz), hududiy sanoatni 18,1 trln. so‘mga (109,1 foiz), qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 39,1 trln. so‘mga (103,5 foiz), xizmatlarni 27,1 trln. so‘mga (113,2 foiz) o‘sishini ta’minlash choralari ko‘riladi.
2). 2022-yilda 8 828 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil etilib, ushbu sohaga 12,1 trln.so‘m kredit mablag‘lari yo‘naltirildi;
Jumladan, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida
42 595 nafar aholiga 954,0 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
2023 yilda 10 000 ta tadbirkorlik sub’yektlari (yuridik) yangidan tashkil etiladi va sohada 20,0 trln so‘mlik (oilaviy tadbirkorlikka
1,1 trln.so‘m) kredit o‘zlashtiriladi.
3). 2022 yilda mahalliy byudjet daromadlari 4 trln. 157 mlrd. so‘mni tashkil etib, 582,0 mlrd.so‘mga orttirib bajarildi.
2023 yil uchun 5,0 trln.so‘m mahalliy byudjet daromadlari prognozi belgilangan.
4). 2022 yilda jami 559,3 mingta yangi o‘rinlari yaratildi (116 %). Xususan, savdo, servis va tadbirkorlikda - 74 008 ta, hunarmandchilikda - 11 173 ta, qurilishda - 19 031 ta, investisiya loyihalarida - 31 316 ta, qishloq xo‘jaligida - 298 196 ta, turizm yo‘nalishida - 18 425 ta.
Sektorlar kesmida;
1-sektorda 167 005 nafar;
2-sektorda 144 730 nafar;
3-sektorda 164 498 nafar;
4-sektorda 83 087 nafar aholi bandligi ta’minlangan.
2023 yilda viloyatni “Ishsizlikdan holi hududga aylantirish” bo‘yicha tahlillarga asosan 300,8 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish zarurligi hisob-kitob qilindi. Jumladan,
- 149,5 ming nafar mavjud ishsizlar (ishsizlik darajasi 9,0%).
- 79,1 ming nafar mehnat bozoriga ilk bor kirib keladigan bitiruvchilar (maktab, texnikum va oliy ta’lim);
- 80,0 ming nafar mehnat migratsiyasidan qaytib kelishi kutilayotgan fuqarolar;
- 3,4 ming nafar, harbiy xizmatdan va jazoni o‘tash joyidan qaytadiganlar.
Shundan kelib chiqib, joriy yilda 542,3 mingta (304 mingtasi doimiy, 238,3 mingtasi mavsumiy) yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirildi. Jumladan,
- Iqtisodiyot yo‘nalishida - 169,6 mingta;
- Investisiya yo‘nalishida - 29,0 mingta;
- Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 319,5 ming nafar aholini band qilish choralari ko‘riladi.
(Sektorlar kesmida: 1-sektorda 158,2 ming nafar, 2-sektorda 130,9 ming nafar, 3-sektorda 138,1 ming nafar, 4-sektorda 120,6 ming nafar)
Misol uchun, birgina xizmatlar sohasida - jami 6 mingga yaqin yangi xizmat ko‘rsatish ob’yektlari tashkil etilib 56,1 mingta ish o‘rinlari yaratiladi.
2023 yilda barcha dasturlar doirasida qiymati 7,4 trln.so‘mlik
4,2 mingdan ortiq yirik va kichik xizmat ko‘rsatish loyihalarni ishga tushirilib, 30 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratiladi.
5). Shuningdek, 3 ta daftarga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlashga joriy yilda 153,8 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
- “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaini yaratish, moddiy va ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish borasida 1 529 ta oilalar daftardan chiqarildi (6,7 mlrd. so‘mlik yordam ko‘rsatilgan), 1 400 nafar mehnatga layoqatli oila a’zolarini bandligi ta’minlandi.
2023 yil yakuni bilan shu kabi yordamlar orqali “temir daftar”da qolgan 4 014 nafar fuqaro daftarlardan chiqariladi.
- “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning jamiyatda faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida 3-bosqichda,
30 yoshdan yuqori xotin-qizlarning 79 463 nafariga (100%) 104,5 mlrd. so‘mlik, yordam ko‘rsatildi.
Republika Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondidan
219 nafar uy-joyga muhtoj, ehtiyojmand xotin-qizlarga 14,9 mlrd.so‘m sarflash orqali 168 nafar xotin-qizlarga dastlabki badal to‘lab berildi hamda 51 nafar xotin-qizlarga y
Bexato, [20.11.2023 15:38]
ashash uchun ijtimoiy uylarga joylashtirildi. - “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 30 707 ming nafar yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, imtiyozli kredit, subsidiya va yer maydoni ajratish hamda qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘rilgan choralar natijasida 27 567 ming nafar (90 foiz) yoshlar daftardan chiqarildi. Tadbirkorlik istagida bo‘lgan 13 915 nafar yoshlarga tijorat banklari tomonidan 312,6 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratildi.
6). 2022 yilda xizmat sohasi bo‘yicha 3,3 trln.so‘mlik 1 611 ta loyihalar ishga tushirilib 9,5 ming ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
2023 yilda 7,2 trln.so‘mlik 4 830 ta loyihalar ishga tushirilib
29 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
7). 2022 yilda hokim yordamchilarining 26 tasi faoliyati qoniqarsiz, 360 tasi qoniqarli, 505 tasi yaxshi darajada va 171 tasi a’lo darajada ish tashkil qilgan.
8). 2022 yilda “Open byudjet”ning 1, 2 - bosqichlarida 436 ta g‘oliblar loyihalarga 304,6 mlrd.so‘m mablag‘lar ajratildi..
2023 yilda mahalliy byudjet xarajatlarining 5 foizi (230,0 mlrd) “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armalariga o‘tkazish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, joriy yilda mazkur loyiha doirasida mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan 30 foizi yo‘naltiriladi.
QURILISH KOMPLEKSI.
9). 2022 yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida 38 ta mahallalarda 427,8 mlrd.so‘mlik ishlar amalga oshirildi (115.1 mlrd. mahalliy byudjet, 271,2 mlrd. respublika byudjeti, 41,5 mlrd. boshqa mablag‘lar). Dastur doirasida 1315 ta ob’yektlarda qurilish-montaj ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi.
2023 yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 716 ta MFYdagi 719 ta ob’yektda 1107 mlrd.so‘m mablag‘ sarflanishi hisobiga 8 ta maktab, 4 ta MTT, 3 ta sport, 15 ta MFY binolari, 374 ta yo‘l, 229 ta ichimlik suvi, 21 ta irrigatsiya ob’yektlarida qurilish rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi.
10). 2022 yilda Investisiya dasturi doirasida 1345,7 mlrd.so‘m mablag‘ sarflanishi hisobiga 48 ta maktab, 18 ta MTT, 8 ta tibbiyot, 1 ta madaniyat, 1 ta sport, 30 ta yo‘l, 52 ta ichimlik suvi, 27 ta irrigatsiya, 5 ta Qirg‘oq bo‘yi va boshqa himoya ob’yektlarida qurilish-rekonstruksiya ishlari olib borildi.
2023 yil Investisiya dasturi doirasida 101 ta ob’yektlarda
657,2 mlrd.so‘m mablag‘ sarflanishi hisobiga 19 ta maktab, 8 ta MTT,
9 ta tibbiyot, 19 ta yo‘l, 10 ta ichimlik suvi, 11 ta elektr ta’minoti, 8 ta tabiiy gaz ta’minoti, 8 ta irrigatsiya, 7 ta Qirg‘oq bo‘yi va boshqa himoya inshootlar va 1 ta Issiqlik ta’minoti ob’yektlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi.
11). 2022 yilda “Yashli makon” umummilliy loyihasi doirasida
16,5 mln. dona daraxtlar ekildi.
2023 yil bahor mavsumida 9,7 mln dona daraxtlar ekiladi.
12) 2022 yilda Farg‘ona viloyatida 103 ta (4265 xonadonli) uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirildi.
2023 yil yakuniga qadar viloyatda 212 ta (8360 xonadonli)
uy-joylar, shundan "Yangi O‘zbekiston" va boshqa massivlarda 109 ta
(4095 xonadonli) ko‘p qavatli uy-joylarni foydalanishga topshiriladi.
Shuningdek, viloyat hududlaridagi eskirgan 41 ta 2-3 qavatli uylar o‘rnida, renovatsiya dasturlari asosida 7-12 qavatli uy-joylar quriladi.
INVESTISIYA KOMPLEKSI.
13). 2022 yilda hududiy investisiya dasturi doirasida qiymati
10,1 trln. so‘m bo‘lgan 1 147 ta loyiha ishga tushirilib, 32,2 mingta yangi ish o‘rni yaratildi;
2023 yilda qiymati 20 trln. so‘mlik 1 438 ta investisiya loyihalari ishga tushiriladi va 32,5 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
14). 2022 yilda hududiy korxonalar tomonidan 786,4 mln. dollarlik mahsulotlar eksportga yo‘naltirildi.
2023 yilda hududiy eksport hajmi 1,1 mlrd. dollarga
(o‘sish 143,0 foiz) yetkaziladi.
15). 2022 yil yakuni bilan 957,4 mln. dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar (o‘sish 187 foiz) o‘zlashtirildi.
2023 yilda viloyatda 2,4 mlrd dollarlik 85 ta loyihalar doirasida 1 mlrd 60 mln.dollarlik xorijiy investisiyalar o‘zlashtiriladi.
16). Viloyatdagi 92 ta kichik va yoshlar sanoat zonalarining umumiy yer maydoni 815 gektarni tashkil qilib, 690 ta loyihalar, (435 tasi kichik sanoat zonalarida, 255 tasi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida) joylashtirilgan.
Ulardan, 208 tasi ishga tushirilgan bo‘lib, 50,1 mln. AQSH dollar mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan. Loyihalarda 6 671 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
QISHLOQ XO‘JALIGI.
17). Viloyatdagi 1 062 ta mahallalarning 559 tasi “Bir mahalla - bir mahsulot” tamoyiliga asosan qishloq xo‘jaligining 6 ta yo‘nalishlariga ixtisoslashtirildi.
89 ta kartoshkachilik, 201 ta sabzavotchilik, 5 ta polizchilik, 172 ta bog‘dorchilik-uzumchilik, 180 ta rezavorlar, 12 ta chorvachilik.
2023 yilda 245 ta mahalladagi 23,1 mingta xonadon sabzavotchilikka (1,6 ming gektar), 109 ta mahalladagi 11,1 mingta xonadon kartoshkachilikka (258 gektar), 6 ta mahalladagi 549 mingta xonadon bog‘dorchilikka (64 gektar), 210 ta mahalladagi 22,6 mingta xonadon bog‘dorchilikka (1,4 ming gektar), 98 ta mahalladagi 8,2 mingta xonadon rezavorchilikka (341 gektar), 15 ta mahalladagi 1,1 mingta xonadon chorvachilikka (2,2 ming bosh) ixtisoslashtiriladi.
Shuningdek, 683 ta mahallaning 66,6 mingta xonadonlari (3,7 ming gektar tomorqa maydoni) “Bir hudud-bir mahsulot” tamoili asosida “Tomorqa” MCHJlari va klaster korxonalariga biriktiriladi.
Aholi tomorqalarini suv ta’minotini yaxshilash borasida -
2022 yilda viloyatning 16 ta shahar va tumanlaridagi mahallalarda aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlash uchun 90 ta tik sug‘orish quduqlari qazilib, ishga tushirildi.
2023 yilda 17 ta shahar va tumanlarda ushbu yunalishda 86 ta suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan mahallalarda 150 ta tik sug‘orish quduqlari ishga tushiriladi.
Bunga, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi jamg‘armasidan 22,5 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratiladi. Natijada, 5200 dan ortiq xonadonlardagi 315 gektar aholi tomorqalarini suv ta’minoti yaxshilanadi.
18) O‘tgan yilda dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 7,2 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari zaxiraga qaytarilib, 45,5 ming nafar fuqarolarga ajratilishi hisobiga dehqon xo‘jaliklari soni
49,5 mingtaga yetdi.
Aholiga ajratilgan yer maydonlarida “Bir hudud - bir mahsulot” tamoyili asosida ixtisoslashgan kooperatsiyalarga birlashtirish orqali kartoshka, sabzavot, dukkakli va boshqa oziq-ovqat ekinlari ekilib, asosiy ekinlar hisobidan 69,7 ming tonna va takroriydan
85,8 ming tonna mahsulot yetishtirildi.
2023 yilda 12,0 ming gektar (3,1 ming ga paxta, 5,7 ming ga g‘alla va 3,1 ming ga boshqa) ekin yer maydonlari qisqartirilib, aholini dehqon xo‘jaligi yuritishi uchun 50,4 mingta fuqarolarga ajratish orqali dehqon xo‘jaliklari soni 100 mingtaga, ularga ajratilgan ekin yerlari maydoni hajmi 19,1 ming gektarga yetkaziladi, ushbu maydonlarda asosiy ekinlardan 571,4 ming tn, takroriy ekinlardan 124,9 ming tn mahsulotlar yetishtiriladi.
19). Chorvachilikda - 2022 yilda chorvachilik tarmoqlarida qiymati 437,8 mlrd.so‘m bo‘lgan 138 ta loyiha ishga tushIrilib, 8,2 ming bosh naslli qoramollar, 93,8 ming bosh naslli qo‘ylar olib kelindi.
Natijada, viloyatdagi barcha toifa xo‘jaliklaridagi mavjud qoramollar 1,1 mln boshga (101,9 foiz), shundan sigirlar bosh soni
387,6 ming boshga (102,2 foiz), qo‘y va echkilar bosh soni 918,4 ming boshga (102,8 foiz), parrandalar bosh soni 8,5 mln.boshga (104,4 foiz) yetkazildi.
Shuningdek, chorva mahsulotlaridan 181,1 ming tonna go‘sht (102,0%), 1104,9 ming tonna sut (102,7%), 557,9 mln.dona tuxum (104,0%) va
13 ming tonna baliq (106,9%) yetishtirildi.
2023 yilda viloyat aholisining chorva mahsulotlariga (go‘sht-
185 ming tn, jon boshiga 42,8 kg., sut-1130 ming tn, jon boshiga 114 kg, tuxum-599 mln. dona, jon boshiga 220 dona) bo‘lgan talabidan kelib chiqib, 1,3 trln. so‘m bo‘lgan 235 ta loyihalar amalga oshiriladi.
IJTIMOIY KOMPLEKS
20). Sog‘liqni saqlash bo‘yicha viloyatda jami 455 ta davolash-profilaktika muassasalar faoliyat olib bormoqda. (shifoxona 60 ta, KTMP 19 ta, OSHP 168 ta, OP 134 ta, SEO va JSB 20 ta, Dezstansiya
20 ta, boshqa muassasalar - 34 ta).
Xususiy tibbiyot muassasalari 778 ta (shundan 587 ta ambulator, 191 ta stasionar)ni tashkil etadi.
2022yilda yilda sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini rivojlantirishga mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbaalari hisobidan 80,5 mlrd.so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.
Shuningdek, kardiojarrohlik sohasiini rivojlantirish maqsadida viloyat kardiologiya markaziga zamonaviy angiograf apparati xarid qilishga 14,5 mlrd.so‘m hamda o‘rnatish uchun bino qurishga 7,6 mlrd.so‘m mablag‘ ajratildi.
Shifokorlarni chet eldagi nufuzli klinikalarda malakasini oshirish uchun 700,0 mln. so‘m yo‘naltirildi.
Shahar va tumanlarda bugungi kunga qadar 6 ta oilaviy poliklinika va 9 ta oilaviy shifokor punktlari, 70 ta mahalla tibbiy puntlari faoliyati tashkil etilib, jami birlamchi muassasalar soni 304 taga yetkazilib, 450 ming nafar aholiga birlamchi tibbiy xizmat yaqinlashtirildi.
21) Maktabgacha ta’lim tizimida - viloyatdagi 3 348 ta bog‘chalarga 266 ming nafar 3-7 yoshli bolalar qamrab (86,3 foiz) olingan (viloyatda jami 308,4 ming nafar 3-7 yoshli bolalar mavjud).
2023 yilda qamrov ko‘rsatkichini 88 foizga yetkaziladi.
22) Xalq ta’limida - 1 234 ta, shundan, 954 ta maktab, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi 14 ta va 54 ta xususiy maktalar faoliyat ko‘rsatmoqda (davlat maktablarida 675,4 ming nafar, Prezident maktabi va filiallarida 7,0 mingta, xususiy maktablarda 10,6 ming nafar jami 6693 nafar o‘quvchilar ta’lim olmoqda).
Viloyatning Milliy reytingda o‘rnini yaxshilash maqsadida, Yaponiya modeli asosida tuman(shahar)larda 1 tadan 19 ta maktablarda pilot loyihasi sifatida ta’lim jarayoni tashkil etiladi.
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish” platformasida pedagoglar diagnostikadan o‘tkaziladi va malakasi (100%) oshiriladi.
Shuningdek, navbatlilik koeffisenti 2 va undan yuqori bo‘lgan
48 ta maktablar mavjud bo‘lib, ularning 12 tasida qo‘shimcha bino va
4 tasi uchun yangi maktab qurilishi natijasida qo‘shimcha 7 860 o‘quvchi o‘rni yaratiladi va koeffisiyenti 1,1 ga tushiriladi.
23) Kasb-hunar ta’limi bo‘yicha - viloyatda jami 76 ta professional ta’lim muassasalari mavjud. Bugungi kunda ularda jami 148 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha 55,5 ming nafar o‘quvchi yoshlar ta’lim olmoqda.
2022 yilda kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarni bitirgan 18 658 nafar yoshlarning 14 358 nafari (76,9%)ning bandligi ta’minlandi. 1 931 nafari oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi. 753 nafari xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda.
TURIZM KOMPLEKSI.
23) 2022 yilda viloyatimizga tashrif buyuruvchilar soni yil boshidan 256 mingdan ziyod xorijiy sayyohlar, 1 mln 450 mingdan ortiq mahalliy sayyohlar tashrif buyurdi. Bu raqamlar 2021 yilga nisbatan deyarli 3 barobar ko‘p natijaga erishildi.
2022 yilda 5 ta 247 o‘ringa ega zamonaviy turizm standartalariga javob beradigan mehmonxonalar, 35 ta 224 ta o‘ringa ega oilaviy mehmon uylari va 12 ta 353 o‘ringa ega xostellar tashkil etildi.
Bunda, jami mehmonlarning qamrovi 5610 taga yetib, 2021 yilga nisbatan 824 taga ko‘payishiga erishildi. Sayyohlik tashkilotlari (turoperator) soni 47 tadan 76 taga ortdi.
2021 yil ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanganda 2022 yilda turizm xizmatlarining eksporti 2 baravarga oshib, 2022 yilda 25 mln. dollarni tashkil qildi.
2023 yilda viloyatda turizmni rivojlantirish maqsadida 9 ta mahallani turizm mahallasiga aylantirilib, 25 ta mehmonxona va xostellar, 11 ta savdo shoxobchalari, 5 ta ko‘ngil ochar ob’yektlar, 9 ta boshqa xizmat ob’yektlari tashkil etiladi.