Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 100 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT KENGASHINING NAVBATDAGI MUHOKAMA YIG’ILISHI BO’LIB O’TDI

×

 2023-11-21 18:26:08    3302

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokida Farg’ona viloyati Ma'naviyat va ma'rifat Kengashining navbatdagi muhokama yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda Prezident Administratsiyasi mas'ul xodimi Akbarjon Tagayev, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari o’rinbosari Zohidjon To’raqulov, viloyat Ma'naviyat va ma'rifat kengashi a'zolari, tegishli boshqarma, tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etdilar. Hududiy studiyalardan shahar va tumanlar hokimlari hamda sektorlari rahbarlari videokonferents-aloqa orqali yig’ilishda qatnashdilar.

Yig’ilishni viloyat hokimi, viloyat Ma'naviyat va ma'rifat kengashi raisi Xayrullo Bozorov olib bordi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 26 mart kuni qabul qilingan “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan ma'naviyat yo’nalishida respublikamiz va hududlarda amalga oshirilishi lozim bo’lgan muhim vazifalar belgilab berildi. Xususan, davlatimiz rahbari raisligida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi hamda hokimlar raisligida viloyatlar, shahar va tumanlar Ma'naviyat va ma'rifat kengashlari tashkil etildi. Bugun viloyat Kengashining navbatdagi yig’ilishida viloyatimizda ma'naviy-ma'rifiy sohadagi ishlar tanqidiy-tahliliy ko’rib chiqildi.

Joriy yilning 6-7 noyabr kunlari Respublika ishchi guruhi tomonidan viloyatimizda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar holati o’rganildi. Dastlab Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi rahbari Ma'sudjon Sulaymonov mazkur o’rganish yakunlari bo’yicha tayyorlangan hisobotni o’qib eshittirdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov global miqyosdagi g’oyaviy tahdidlar va axborot xurujlari davrida, yot g’oyalar, yot qadriyatlarni yoshlarimiz ongiga singdirishga bo’layotgan keng ko’lamli urinishlar chog’ida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni himoya qilish, xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirish yanada dolzarb ahamiyat kasb etayotganini qayd etib, ilm-ma'rifat orqaligina taraqqiyotga erishish mumkinligini ta'kidladi.

Dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari ayni paytda dunyoning eng ko’p kitob o’qiydigan mamlakatlari ekaniga e'tibor qaratgan viloyat rahbari, viloyatimizda kitobxonlikni yanada keng targ’ib qilish, mahallalarda tashkil etilgan “Ziyo” kitob do’konlari faoliyatini takomillashtirish, viloyatdagi kutubxonalar kitob fondlarini boyitish bo’yicha hokimlarga va mas'ullarga ko’rsatmalar berdi.

Yig’ilish davomida o’rganish natijalari bo’yicha mas'uliyatsizlikka yo’l qo’ygan shahar-tuman hokimlari ham so’z olib, aniqlangan kamchiliklardan tegishli xulosa chiqarib, ularni bartaraf etish bo’yicha tizimli ish tashkil qilishga va'da berdilar.

Bugungi yig’ilishdan kelib chiqqan topshiriq va vazifalar ijrosini viloyatda to’liq ta'minlash uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi ta'kidlanib, ma'naviyat masalasi barcha darajadagi rahbarlarning muhim vazifasi bo’lishi kerakligi yana bir bor uqtirildi. 











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram