Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA BIZNES-OMBUDSMAN ISHTIROKIDA AMALIY SEMINAR BO’LIB O’TDI

×

 2023-11-23 15:03:49    2758

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi "Tadbirkorlar uyi" binosi katta majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosiga bag’ishlangan amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil (Biznes-ombudsman) Dilmurod Qosimov, viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Xabib Sirojitdinov, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruv raisi o’rinbosari Kozimjon Ismoiliy, tijorat banklari rahbarlari, shahar-tuman hokimlarining investitsiya masalalariga mas'ul o’rinbosarlari, hokim yordamchilari va tadbirkorlar ishtirok etdi.

Dastlab viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Xabib Sirojitdinov viloyatda kichik biznesni rivojlantirishning istiqbollari va bu jarayonda hokim yordamchilarining o’rni xususida ma'lumot berdi.

Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat himoyasida ekanini qayd etgan Biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov, Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan yangi qarorda ushbu jihatlar yanada mustahkamlanganiga e'tibor qaratdi.

"Biznesni rivojlantirish banki" rahbari o’rinbosari Kozimjon Ismoiliy ham seminarda so’z olib, “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyatiga to’xtaldi. Qarordan ko’zlangan maqsad kichik biznesni rivojlantirishning moliyaviy va institutsional qo’llab-quvvatlash tizimini tubdan yangi bosqichga olib chiqish, bu esa o’z navbatida yangi ish o’rinlarini yaratish va aholi daromadlarini yanada oshirishga xizmat qilishi ta'kidlandi.

Bugungi amaliy seminar ham Prezident tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini quyi tizimlarda ham to’laqonli ta'minlash va mazmun-mohiyatini yetkazish uchun tashkil etilganligi qayd etildi.

Yig’ilishda ishtirok etgan tadbirkorlar o’z faoliyatlariga oid savol va takliflar bilan mutasaddilarga yuzlanib, tegishli javoblarni oldilar.































Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram