Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
YAPONIYALIK ISHBILARMONLAR DELEGATSIYASI FARG’ONA-YAPONIYA BIZNES-FORUMIDA ISHTIROK ETISH UCHUN VILOYATIMIZGA YETIB KELDI
2023-11-24 15:57:28 2484
Viloyatimizda bo’lib o’tadigan Farg’ona-Yaponiya biznes-forumida ishtirok etish uchun yaponiyalik ishbilarmonlar delegatsiyasi Farg’onaga yetib keldi. Farg’ona xalqaro aeroportida yaponiyalik mehmonlarni viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Xabib Sirojitdinov va boshqa rasmiylar tantanali kutib oldilar.
Ertaga, 25 noyabr kuni Rishtondagi “Chinor plyus 2020” majmuasida yaponiyalik ishbilarmonlar hamda viloyatimiz tadbirkorlari ishtirokida Farg’ona-Yaponiya biznes-forumi bo’lib o’tadi.
Biznes-forumda qurilish, savdo, sanoat, tibbiyot, farmatsevtika, Ay-Ti, ta'lim, xizmatlar, ipakchilik, turizm va investitsiyalar sohalarida faoliyat olib boruvchi kompaniyalari vakillaridan iborat yaponiyalik ishbilarmonlar delegatsiyasiga viloyatning investitsion salohiyati, amalga oshirilayotgan loyihalar, “Qo’qon” EIZ haqida taqdimotlar o’tkaziladi. Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan G2B va B2B formatlardagi muzokaralar tashkil etiladi. Shuningdek, mehmonlar Farg’onada ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda milliy hunarmandchilik ko’rgazmasi bilan tanishadilar.
Forum doirasida yaponiyalik ishbilarmonlar “Central Asian Medical University” oliygohiga, Farg’ona shahridagi “Global Textile”, Marg’ilondagi “Yodgorlik”, Farg’ona tumanidagi “Fergana-France” korxonalariga tashrif buyurib, hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishadi, shuningdek, Farg’ona shahrida barpo etilayotgan Ekoshaharda – “Yangi O’zbekiston” massivida bo’lib, qurilish jarayonlari bilan tanishishadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram