Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 225 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YAPONIYANING MDH MAMLAKATLARI BILAN SAVDO HAMKORLIGI ASSOTSIATSIYASI – ROTOBO FARG’ONA VILOYATI BILAN KENG KO’LAMLI HAMKORLIKNI YO’LGA QO’YADI

×

 2023-11-25 20:03:09    2078

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyaning MDH mamlakatlari bilan savdo hamkorligi assotsiatsiyasi – ROTOBO vitse-prezidenti Xirokazu Xigashino boshchiligidagi ushbu assotsiatsiyaga kiruvchi Marubeni, Mitsui, Mitsubishi, MHI, Sumitomo, Sojitz, Toyota Tsusho kabi korporatsiyalar vakillaridan iborat katta delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyatida ROTOBO assotsiatsiyasiga kiruvchi kompaniyalar ishtirokida investitsion loyihalarni amalga oshirish, viloyatimiz sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini hamkorlikda eksportini yo’lga qo’yish istiqbollari muhokama qilindi.

Yaponiyalik investorlar O’zbekistonni qo’shni va yaqin davlatlar bilan birgalikdagi katta umumiy bozorning darvozasi sifatida ko’rishayotganini ta'kidlagan ROTOBO vitse-prezidenti, assotsiatsiya Farg’ona viloyatini mamlakatimizning sarmoyadorlar uchun eng jozibador hududlardan biri sifatida ko’rayotganiga e'tibor qaratdi va hamkorlikda yirik loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yuqori baholadi.

Kun davomida viloyatimizdagi qator ishlab chiqarish korxonalari hamda “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan tanishgan mehmonlar, koronavirus pandemiyasidan avvalgi tashriflari bilan solishtirgan holda mamlakatimizda qisqa davrda katta islohotlar amalga oshirilganini e'tirof etdilar. Yaponiya ta'lim tizimini viloyatimizdagi tanlangan maktablarda sinov tariqasida joriy etishga kirishilgani o’zaro aloqalarni yanada kengaytirishga omil bo’lishini qayd etdilar.

Viloyatimizda investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, xorijiy investorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, davlat xizmatlari olishlarini qulaylashtirish, ularga yuzaga keladigan masalalarni hal etishda zarur yordam va tezkor ko’mak ko’rsatish maqsadida Farg’ona viloyatiga investitsiya kiritish bo’yicha yetakchi davlatlarning tadbirkorlari uchun alohida qo’llab-quvvatlash markazlari tashkil etishga kirishilganini qayd etgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, yaqin kunlarda Yaponiyalik tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash markazi ham ish boshlashini ma'lum qildi.

Ma'lumot o’rnida, ROTOBO assotsiatsiyasi 200 dan ziyod Yaponiyaning yirik sanoat korporatsiyalari, savdo firmalari, banklar, investitsion fondlar, transport-logistika kompaniyalarini o’z ichiga olgan birlashmadir.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram