Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA-YAPONIYA BIZNES-FORUMI SAMARALI YAKUNLANDI
2023-11-25 20:24:03 2115
Bugun Rishtondagi “Chinor plyus 2020” majmuasida yaponiyalik ishbilarmonlar hamda viloyatimiz tadbirkorlari ishtirokida Farg’ona-Yaponiya biznes-forumi bo’lib o’tdi.
Yaponiyadagi qurilish, savdo, sanoat, tibbiyot, farmatsevtika, Ay-Ti, ta'lim, xizmatlar, ipakchilik, turizm va investitsiyalar sohalarida faoliyat olib boruvchi kompaniyalar rahbarlari hamda 90 ga yaqin viloyatimiz tadbirkorlari ishtirokida o’tkazilgan forumni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ochib berdi.
Xayrullo Bozorov Davlatimiz rahbarining 2019 yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarning yangi tarixiy bosqichini boshlab berganini ta'kidlab, viloyat rasmiylarining so’nggi ikki yilda Kunchiqar mamlakatiga amalga oshirilgan qator tashriflari, Yaponiyada va Farg’onada o’tkazilgan ko’plab muzokaralar va biznes-forumlar yapon investorlarining viloyatimizga bo’lgan qiziqishini keskin orttirganini qayd etdi.
Viloyatga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar miqdori yillik bir milliard dollardan oshganiga, Farg’onada xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 650 taga yetganiga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, Farg’ona viloyati Yaponiya investorlari hamda kompaniyalari uchun ham jozibador hududga aylanib borayotganini hamkorlikda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar misolida qayd etdi. Xayrullo Bozorov ushbu forum doirasida erishiladigan kelishuvlar bu hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi.
Farg’ona viloyatida o’z investitsion loyihalarini amalga oshirayotgan yaponiyalik ishbilarmonlar – Okuda Takefumi va Nagai Koji Farg’ona shahridagi Ekoshahar hududida 3 gektar maydonda barpo etishga kirishilayotgan, qiymati 15 million dollarlik “Shogun city” yapon bog’i, mehmonxona, restoranlar majmuasi hamda unga yondosh hududda Nagai Clinic tomonidan rejalashtirilayotgan, qiymati 8,7 million dollarlik zamonaviy Yapon tibbiyot va sog’lomlashtirish shaharchasi loyihalarining borishi haqida ma'lumot berdilar.
Okuda Takefumi rahbarligida Farg’ona viloyati va Yaponiya o’rtasidagi hamkorlikka ko’maklashuvchi O’zbekiston-Yaponiya xalqaro iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi tashkil etilgani ham e'lon qilindi.
Viloyat hokimligi investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi kotibiyati mudiri Azimjon Yuldashev Farg’ona viloyatining investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy salohiyati, shuningdek, bojxona va soliq to’lovlari misolida “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasida investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar to’g’risida forum ishtirokchilari uchun taqdimot o’tkazdi.
Forum davomida umumiy qiymati 30 million dollar bo’lgan investitsiyaviy kelishuvlar va eksport shartnomalari imzolandi.
Forum doirasida yaponiyalik mehmonlar Farg’onada ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda milliy hunarmandchilik ko’rgazmasi bilan tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram