Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
“GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHDA BARCHA MAS'UL!” – VILOYAT HOKIMLIGI HUZURIDAGI NARKOTIK MODDALARNI NAZORAT QILISH MINTAQAVIY KOMISSIYASINING NAVBATDAGI YIG’ILISHI BO’LIB O’TDI
2023-11-27 18:34:42 1839
Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida viloyat hokimligi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyasining o’tgan davr mobaynidagi faoliyatini muhokama qilish va galdagi ustuvor vazifalarni belgilab olishga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi raisining o’rinbosari – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori Sadirdin Boydedayev, markazning mas'ul xodimlari, mintaqaviy komissiya a'zolari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Hududiy studiyalardan shahar va tumanlar hokimlari hamda sektorlari rahbarlari videokonferentsaloqa orqali yig’ilishda qatnashdilar.
Muhokama yig’ilishi davomida so’z olganlar tomonidan giyohvandlikning salbiy oqibatlari va narkotik vositalarini noqonuniy aylanishi bilan bog’liq muammolar butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgani, u bilan bog’liq holatlar aniqlangandan so’ng emas, balki uning barvaqt oldini olish barcha darajadagi rahbarlarning kun tartibidagi birinchi masalalaridan bo’lishi kerakligi ta'kidlandi.
O’tgan davr mobaynida viloyat hududlarida aniqlangan holatlar yuzasidan olib borilgan o’rganishlar natijalari ham o’qib eshittirildi.
Aholi orasida sog’lom turmush tarzini ommalashtirish, narkotik vositalarni iste'moliga salbiy munosabatni shakllantirish, shuningdek, narkotik vositalarning noqonuniy aylanishi bilan bog’liq jinoyatlarga jazo muqarrar ekanini aholiga, ayniqsa, yoshlarga muntazam singdirish kerakligi qayd etildi.
Bugungi yig’ilishdan kelib chiqqan vazifalar ijrosini viloyatda to’liq ta'minlash uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi ta'kidlanib, kelgusida ham giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta'sir qiluvchi preparatlarning iste'moli va noqonuniy savdosi bilan bog’liq jinoyatlarning oldini olish borasida davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida amalga oshirilishi lozim bo’lgan choralar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram