Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 138 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


DINIY-MA'RIFIY SOHA SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA SALMOQLI HISSA QO’SHIB KELAYOTGAN FARG’ONALIKLARNING BIR GURUHI “DINIY BAG’RIKENGLIK” KO’KRAK NISHONLARI BILAN TAQDIRLANDI

×

 2023-11-28 16:09:26    2269

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizda ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, aholi o’rtasida dinlararo va konfessiyalararo hamjihatlik, totuvlik va bag’rikenglikni mustahkamlash, diniy-ma'rifiy sohadagi islohotlarni targ’ib etish yo’lidagi ko’p yillik samarali mehnatlari uchun farg’onalik davlat va jamoat tashkilotlari xodimlaridan bir guruhi “Diniy bag’rikenglik” ko’krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Viloyat hokimligi majlislar zalida bo’lib o’tgan ijroiya apparati yig’ilishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov taqdirlanganlarga ko’krak nishonlarini tantanali tarzda topshirdi.

O’zbekiston Respublikasi Din ishlari bo’yicha qo’mitasi raisining buyrug’iga asosan “Diniy bag’rikenglik” ko’krak nishoni bilan taqdirlanganlar ro’yxati:

Naimov Alisher Abdurashidovich – O’MI Farg’ona viloyatidagi vakili o’rinbosari, Quvasoy shahar “Islom” masjidi imom-xatibi;

Qambarova Zamiraxon Muxtorovna – Oltiariq tumani xotin-qizlar targ’ibot guruhi rahbari, “Guliston” MFY raisi;

Tursunova Maxbubaxon – Qo’shtepa tumani “Baland masjid” MFY otinoyisi;

Isakov Abdumajid Umarovich – Qo’qon shahar bosh imom-xatibi;

Egamberdiyev Shukurjon Tojibayevich – Toshloq tumani “Abu Hanifa” masjidi imom-xatibi;

Xolmatov Mo’ydin Muxtorovich – Viloyat hokimining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosarining kotibiyat mudiri;

Xatamov Jamshed Muxtorovich – Viloyat hokimining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosari.

“Diniy bag’rikenglik” nishoni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan diniy-ma'rifiy sohaning samaradorligini oshirishga munosib hissa qo’shgan davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini rag’batlantirish maqsadida joriy yildan e'tiboran ta'sis etildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram