Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Mart 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA XITOY SARMOYASI ISHTIROKIDA YIRIK ISHLAB CHIQARISH LOYIHASI AMALGA OSHIRILADI

×

 2023-11-29 20:19:02    2615

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Mycars (Shandong) International Trading kompaniyasi ta'sischilaridan iborat investorlar guruhini hamda kompaniyaning mahalliy hamkorlarini qabul qildi.

Uchrashuvda Mycars (Shandong) International Trading kompaniyasi tomonidan jami 15 million dollar to’g’ridan to’g’ri Xitoy investitsiyasi kiritish hisobiga Quvasoy shahri hududida amalga oshirishga kirishilayotgan yirik ko’p tarmoqli ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining joriy yil sentyabr oyida Xitoyga amaliy tashrifi davomida ushbu kompaniya rahbarlari bilan muzokaralar o’tkazilib, ushbu loyiha bo’yicha dastlabki kelishuvga erishilgandi.

Rejaga ko’ra, dastlabki bosqichda yuqori sifatli avtoklavli gazobloklar hamda binolar fasadlari uchun bazalt izolyatsion plitalari ishlab chiqarish liniyalari ishga tushiriladi. Bunda qisqa muddatda 100 dan ortiq doimiy ish o’rni yaratiladi. Bugun yangi xorijiy korxona viloyatimizda davlat ro’yxatidan o’tkazildi, yaqin kunlarda loyihaning tamal toshini qo’yish rejalashtirilgan.

Ikkinchi bosqichda esa yuk ko’tarish kranlari yig’ish, shuningdek, veterinariya dori vositalari ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. Umumiy hisobdan loyihaning barcha liniyalari ishga tushishi natijasida 300 dan ziyod ish o’rni yaratilishi ko’zda tutilgan.

Viloyat hokimi Farg’ona viloyati qurilish sohasi rivoji uchun muhim bo’lgan ushbu loyihalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov hamda viloyat hokimining Farg’ona va Xitoy o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha maslahatchisi Otaxon Xayrullayev ishtirok etdilar.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram