Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI TOMONIDAN FURQAT TUMANIDA KO’RGAZMALI-AMALIY RESPUBLIKA SEMINARI O’TKAZILDI
2023-11-30 17:49:45 1635
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Furqat tumanidagi 37-umumta'lim maktabida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda kreativ usullardan foydalanish samaradorligi" mavzusida Respublika miqyosida ko’rgazmali-amaliy seminar bo’lib o’tdi.
Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o’rinbosari Dilshod Kenjayev, Qoraqalpog’iston Respublikasi MMT vaziri hamda barcha viloyatlar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdilar.
Dastlab seminar ishtirokchilari 37-sonli umumta'lim maktabida tashkil etilgan yashil maskanlar bilan tanishdilar. Maktab hududiga 80 tup yong’oq, 72 tup bodom va 50 tupdan ziyod manzarali daraxt ko’chatlari, o’zlashtirilmagan 24 sotix yer maydoni obod qilinib, 130 tup oliy navli uzum ko’chatlari ekilgan. Shuningdek, 9000 tupdan ortiq Qrim sosnasi, 6000 tup atirgul ko’chatlari parvarish qilinmoqda.
Maktabning bo’sh turgan binolaridagi xonalarda tadbirkorlar bilan hamkorlikda o’quvchilarga mahalla va tumanda talab yuqori bo’lgan asalarichilik, meva-sabzavot yetishtirish, payvandchilik, mebelsozlik, santexnika ustasi, kosibchilik, pazandachilik, tikuvchilik kabi 10 ta kasb-hunarga o’rgatish to’garaklari yo’lga qo’yilgan.
Shuningdek, 32 nafar malakali ustozlardan ta'lim olayotgan o’quvchilar turli ko’rik-tanlov, musobaqa va bellashuvlarda eng yaxshi natijalarni egallab kelmoqda. Jumladan, maktab jamoasi “Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichida 1-o’rinni egallab, 100 million so’m mukofotni qo’lga kiritdi. Maktab bitiruvchilarining oliygohlarga kirish ko’rsatkichi so’nggi uch yilda doimiy 85 foizdan yuqori bo’lib kelmoqda.
Farg’ona tajribasi sifatida muassasada sinov tariqasida Yaponiya ta'limi tajribasini joriy etish bo’yicha olib borilgan ishlar seminar ishtirokchilarida qiziqish uyg’otdi.
Mahalliy byudjet mablag’lari, homiylik va maktabning xo’jalik hisobi asosida ishlab topgan mablag’lari hisobidan 200 million so’mdan oshiq pul sarflanib, maktab zaruriy o’quv jihozlari bilan ta'minlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram