Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA XALQARO NOGIRONLAR KUNI MUNOSABATI BILAN IMKONIYATI CHEKLANGAN YURTDOSHLARIMIZ UCHUN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI
2023-12-03 15:28:39 3088
Bugun Farg’ona shahridagi “Jasmin” tantanalar majmuasida 3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan imkoniyati cheklangan fuqarolarimizni yana bir bor qo’llab-quvvatlash maqsadida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirga viloyatimizda yashovchi Nogironlar jamiyati, Karlar jamiyati, Ko’zi ojizlar jamiyati, Afg’onchilar birlashmasi, Chernobilchilar birlashmasining 320 nafardan ziyod a'zolari taklif etildi.
Tadbirni kirish so’zi bilan ochib bergan viloyat hokimining o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov, Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda imkoniyati cheklangan fuqarolarni qo’llab-quvvatlash, ular uchun zarur barcha sharoitlar yaratilayotgani, ularning jamiyatdagi mavjud imkoniyatlardan foydalanish, harakatlanish, sog’liqni saqlash, ta'lim, bandlik, reabilitatsiya, siyosiy-ijtimoiy hayotda ishtirok etish bilan bog’liq huquqlari ta'minlanayotgani, bu borada “Inson qadri uchun” tamoyili asosida Yangi O’zbekistonda aholining barcha qatlamlari uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilayotganligini ta'kidladi.
Imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz o’zlarining matonatli mehnati, shukronalik fazilatlari bilan ham qolganlarga o’rnak bo’layotgani qayd etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga sovg’alar ulashildi, viloyatimiz san'atkorlarining musiqiy chiqishlari esa barchaga bayramona kayfiyat ulashildi.
Ma'lumot o’rnida, viloyatimizda 87 ming 230 nafar nogironligi bo’lgan shaxslar istiqomat qilmoqda, shundan 14 ming 434 nafar voyaga yetmagan nogironligi bo’lgan bolalarni tashkil etadi. Ular orasidan 2 ming 970 nafar o’zgalar parvarishiga muhtoj yolg’iz va yolg’iz yashaydigan keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar ro’yxatga olingan bo’lib, ularga 351 nafar ijtimoiy xodimlar tomonidan uylarida ijtimoiy xizmat ko’rsatib kelinmoqda.
Viloyatda reabilitatsiya qilishning texnik vositalari hamda protez-ortopediya moslamalariga muhtoj shaxslarni ushbu vositalar bilan ta'minlash maqsadida 2 mlrd. 870 mln. so’m mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan 1720 nafar fuqarolar reabilitatsiya texnik vositalari hamda 454 nafar fuqarolar 874 dona protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta'minlandi. Jumladan, 876 dona nogironlar aravachasi, 467 dona eshitish moslamasi, 81 dona hassa, 172 juft qo’ltiq-tayoq, 29 dona ko’zi ojizlar hassasi, 31 dona tirsakli xassa, 41 dona “xodunok”lar shahar va tuman Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo’limlari orqali muhtoj fuqarolarga yetkazib berildi.
Shu bilan birga, viloyatimizdagi nogironligi bo’lgan muhtoj shaxslar 50 dona elektr yuritmali nogironlar aravachasi bilan ta'minlandi.
Bundan tashqari, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashovchi keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslarning oziq-ovqat, dori-darmon va shaxsiy gigiyena vositalari ta'minoti uchun jami 10 mlrd. 143 mln. so’m byudjet mablag’lari ajratildi. Shuningdek, 1 mlrd. 961 mln. so’m homiylik mablag’lari hisobidan oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-kechak va boshqa ko’rinishdagi yordamlar ko’rsatildi.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan viloyat hokimligi tomonidan barcha Tibbiy ijtimoiy muassalarga 35 ta televizorlar topshirildi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligining mablag’lari hisobidan yumshoq buyumlar (choyshab va g’iloflar) uchun 105 mln. so’m mablag’ ajratildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram