Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
BOSHLANG’ICH TO’LOVSIZ 5 YIL MUDDATGA FOIZSIZ XONADON XARID QILISH IMKONIYATI: RENOVATSIYA DASTURI DOIRASIDA FARG’ONA SHAHRIDA CRYSTAL AVENUE YIRIK TURAR-JOY MAJMUASI LOYIHASIGA START BERILDI
2023-12-04 13:09:28 4924
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahrida barpo etishga kirishilayotgan Crystal Avenue yirik turar-joy majmuasi loyihasiga start berish marosimida ishtirok etdi.
Respublikada ilk bor Farg’ona shahrida amalga oshirilayotgan yagona shaharsozlik kontseptsiyasiga asoslangan Renovatsiya dasturi doirasida shaharning Turkiston ko’chasida 4 gektar maydonda qad rostlaydigan ushbu majmuada jami 16 ta blokdan iborat 6 ta 16 qavatli turar-joy binosi barpo etilib, ularda 1430 ta xonadon bo’ladi. Loyiha xitoylik investorlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Majmuada boshlang’ich to’lovsiz 5 yil muddatga foizsiz xonadon xarid qilish imkoniyati taqdim etiladi. Xonadonlar uchun 10% oldindan to’lov qilganlarga umumiy narxdan 5%, 10% oldindan to’lov uchun 8%, 50 % foiz oldindan to’lov uchun 10% hamda 100 foiz to’lovni oldindan amalga oshirganlar uchun 20% chegirmalar mavjud.
Keng jamoatchilik vakillari hamda nuroniylarning duolari bilan boshlangan mazkur majmua qurilish ishlariga mahalliy aholi bandligini ta'minlash maqsadida ishsiz yoshlarni jalb etish ko’zda tutilgan.
Majmuada dastlabki turar-joylar 2025 yilning 4-choragida foydalanishga topshirilishi ko’zda tutilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram