Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV KOREYA RESPUBLIKASINING ELCHISINI QABUL QILDI
2023-12-04 18:45:36 2894
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kim Xi Sangni qabul qildi.
Samimiy muloqot davomida Farg’ona viloyati va Koreya o’rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta'lim va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish borasida fikr almashildi.
Viloyat rahbari rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlik ko’lamini kengaytirish masalasi xalqaro munosabatlarda Farg’ona uchun ustuvorlik kasb etayotganini ta'kidlab, barcha xorijiy hamkorlar qatori Koreya kompaniyalarining ham viloyatimizda amalga oshirayotgan loyihalari har tomonlama qo’llab-quvvatlanishini bildirdi. Farg’ona va Koreya o’rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha viloyat hokimining jamoatchilik asosida mas'ul vakili faoliyat boshlagani ma'lum qilindi.
Farg’ona shahridagi Ekoshahar majmuasining tegishli kichik sanoat zonasi hududida “Koreys ishlab chiqaruvchilari Sanoat Texnoparki” tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar, viloyatimizda koreys investitsiyalari hisobiga barpo etish rejalashtirilayotgan golf maydoni barpo etish loyihasi, shuningdek, turizm va boshqa sohalarda hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Farg’ona viloyati Koreya investorlari uchun O’zbekistonda eng jozibador hudud ekaniga e'tibor qaratgan elchi Kim Xi Sang, hozirgacha yurtimizga eng ko’p sarmoya kiritgan “POSCO International Textile” ham Farg’onada ish olib borishi buning isboti ekanini qayd etdi. Qishloq xo’jaligi sohasida Farg’ona viloyatida koreys ishbilarmonlari bilan investitsion hamkorlik uchun katta salohiyat mavjud ekanligi ta'kidlandi.
Viloyatimizda ta'lim sohasida Koreya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar ham uchrashuv kun tartibidan alohida o’rin oldi. Farg’ona shahrida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi – KOICA bilan sheriklikda tashkil etilgan kasb-hunarga o’qitish markazi faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo’yicha viloyat hokimligi tomonidan belgilangan chora-tadbirlar haqida ma'lumot berildi.
Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram