Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA FARMATSEVTIKA SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA HINDISTON KOMPANIYALARI BILAN HAMKORLIK QILINADI
2023-12-05 12:31:26 3408
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Hindistonning “Druzhba Business solutions pvt” kompaniyasining MDH davlatlari bilan hamkorlik bo’yicha rahbari doktor Sanjay Sexravatni qabul qildi.
Uchrashuvda Farg’ona viloyati hududida Hindistonning yetakchi farmatsevtika kompaniyalari ishtirokida dori-darmon ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 28 noyabr kuni o’tkazilgan farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarishni yanada qo’llab-quvvatlash masalalariga bag’ishlangan yig’ilishda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, bu borada xorij tajribasini o’rganish, mashhur brendlarni mamlakatimizga jalb etish bo’yicha topshiriqlar berilgandi.
Ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida xorijdan eng ko’p import qilinadigan dorilarni Farg’ona viloyatida ishlab chiqarish orqali mahalliylashtirish, “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi hududiga Hindiston yetakchi kompaniyalarining ishlab chiqarish loyihalarini joylashtirish borasida fikr almashildi. O’zbekistonga ko’plab hind kompaniyalari o’z mahsulotlarini katta hajmda yetkazib berishayotganini qayd etgan Sanjay Sexravat, hozirda mamlakatimizda investorlarga yaratilayotgan qulay sharoitlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishni yurtimizda tashkil etish masalasiga ham qiziqish katta ekanini ta'kidladi.
Yaqin muddatda Farg’ona viloyati delegatsiyasining Hindistonga tashrifini amalga oshirish hamda eng yirik farmatsevtika kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralarni tashkillash borasida hamfikrlilikka borildi.
Muloqot davomida shuningdek, Farg’ona viloyatidagi hamda Hindistondagi ilg’or tibbiyot muassasalari o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish, shifokorlarning o’zaro malaka oshirish va tajriba almashinishlarini yo’lga qo’yish, viloyatimizdagi tibbiyot muassasalariga hindistonlik malakali shifokorlarni jalb etgan holda amaliy seminarlar hamda murakkab amaliyotlar o’tkazish, tibbiyot oliy ta'limi sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarida kelishib olindi.
Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosarlari Fayzullo Qosimov va Nuriddin Mamajonov ishtirok etdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram