Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA KOREYS TILI O’QITISH MARKAZI ISH BOSHLADI
2023-12-05 12:59:15 3790
Farg’ona shahrida Posco International Textile kompaniyasi tomonidan o’tgan 2022 yilda barpo etilgan Yoshlar ta'lim markazi qoshida Koreys tili o’qitish markazi tashkil etildi.
Bugun ushbu o’quv markazining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov, Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kim Xi Sang ishtirok etdilar.
So’z olganlar tomonidan so’nggi yillarda Farg’ona viloyati va Koreya Respublikasi o’rtasida har tomonlama hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani alohida ta'kidlandi. Koreys tili o’qitish markazi ham viloyatimiz yoshlariga zamonaviy bilimlar berib, xalqaro talablarga javob beradigan malakali mutaxassislarni tayyorlashda yana bir muhim qadam bo’lishiga ishonch bildirildi.
Ushbu markazga 13 yoshdan yuqori bo’lgan yoshlar qabul qilinib, ularga bepul 4 oylik o’quv kurslari tashkil etiladi. Hozirda markazda 50 nafar tinglovchi ta'lim olmoqda.
Markazning rasmiy ochilish marosimidan so’ng mehmonlar sinf xonalarida o’quvchilarga yaratilgan sharoitlar, o’quv jarayonlari va darsliklar bilan yaqindan tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram