Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARMATSEVTIKA FARG’ONA IQTISODIYOTINING MUHIM TARMOG’IGA AYLANMOQDA: TOSHLOQDA ZAMIN AZIYA FARM INFUZION ERITMALAR ISHLAB CHIQARISH KORXONASI ISH BOSHLADI

×

 2023-12-05 20:18:34    3602

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumani “Kelajak” kichik sanoat zonasida “Zamin Aziya Farm” MChJ tomonidan amalga oshirilgan investitsion loyiha natijasida barpo etilgan infuzion eritmalar ishlab chiqarish korxonasi tantanali tadbir bilan ish boshladi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Yillik 8 million flakon infuzion eritmalar ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonaning loyiha qiymati 43,6 milliard so’mni tashkil etib, loyiha tashabbuskori Xabibullo Ne'matjonovning o’z mablag’lari hamda “Hamkorbank”ning 2,4 million dollar krediti hisobiga tashkil etildi. 100 ga yaqin yangi ish o’rni yaratilgan korxonada Xitoydan keltirilgan zamonaviy uskunalar o’rnatilgan.

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 28 noyabr kuni o’tkazilgan farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarishni yanada qo’llab-quvvatlash masalalariga bag’ishlangan yig’ilishda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishga alohida urg’u berilgandi. Bugun ish boshlagan korxona, xorijdan import qilinadigan dorilarni Farg’ona viloyatida ishlab chiqarish orqali mahalliylashtirishda muhim o’rin tutadi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram