Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


LOYIHA QIYMATI 32 MILLION DOLLAR, 600 DAN ZIYOD YANGI ISH O’RNI: RISHTON TUMANIDA PAXTA-TO’QIMACHILIK KLASTERI TOMONIDAN BARPO ETILGAN YANGI KORXONA ISH BOSHLADI

×

 2023-12-07 13:23:59    4158

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rishton tumanida rossiyalik tadbirkor Magomed Kostoyev rahbarligidagi “Kosto Line Holding” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan barpo etilgan, loyiha qiymati 32 million dollar bo’lgan yangi korxonaning ishga tushirishga bag’ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi.

2021 yil iyun oyida tamal toshi qo’yilgan ushbu korxona, yiliga jami 20,6 ming tonna kalava ip, mato, momiq sochiq, choyshab mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lib, ishlab chiqarilgan mahsulotlardan yillik 30 million dollarlik eksport amalga oshirilishi ko’zda tutilgan. Germaniya, Italiya, Turkiya hamda Frantsiyadan yuqori texnologik uskunalari o’rnatilgan korxonada 600 dan ziyod doimiy ish o’rni yaratilgan.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizda paxta-to’qimachilik klasterlari tizimi joriy etilgani natijasida, «Paxta xom ashyosidan tayyor mahsulotgacha» bo’lgan zanjirni qamrab olgan yirik ishlab chiqarish majmualari shakllanayotganini qayd etib, tumanlarda sanoatni rivojlantirishda, aholi bandligi va daromadlarini yanada oshirishda bu muhim omil bo’layotganini ta'kidladi.

Viloyat hokimi Magomed Kostoyev rahbarligidagi paxta-to’qimachilik klasteri tomonidan tumanda paxtachilikka innovatsiyalarni joriy etish, hosildorlikni oshirish, fermerlar bilan namunali hamkorlikni tashkil etish borasida ishlarni, jonkuyarlikni yuqori baholab, unga viloyat hokimining tashakkurnomasini topshirdi.

Yana bir muhim jihati, ishlab chiqarishda energiya tejamkor texnologiyalar qo’llanmoqda. Korxona hududida umumiy quvvati 212 kVt/s bo’lgan quyosh panellari o’rnatilgan. Bundan tashqari, ilg’or texnik va texnologik yechimlar bilan yuqori samarali ko’p bosqichli ishlatilgan suvlarni tozalash tizimi joriy etilgan va tozalangan suvlarning 70 foizini qayta ishlatish imkoniyati ta'minlangan.

Ushbu korxonaning kengaytirish bilan bog’liq qiymati 10 million dollar bo’lgan ikkinchi bosqich ishlariga ham kirishilgan bo’lib, natijada kelgusi 2024 yilda qo’shimcha 500 ta ish o’rni yaratiladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram