Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGANINING 31 YILLIK BAYRAMI FARG’ONADA KENG NISHONLANDI
2023-12-07 20:46:57 4242
Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va kontsert saroyida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligiga bag’ishlangan viloyat bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, senator va deputatlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, viloyat tashkilot va boshqarmalari rahbarlari, viloyat faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tantanali bayram tadbirini viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kirish so’zi bilan ochib, muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari hamda el-yurtimizning yakdil azmu qarori bilan joriy yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayotimiz uchun mustahkam huquqiy asosga aylanganini ta'kidladi.
Davlatimiz rahbarining “Endi islohotlarimiz yo’lidan hech qachon ortga qaytmaymiz, “inson – jamiyat – davlat” degan yangi tizim asosida faqat va faqat oldinga qarab boramiz” degan so’zlarini iqtibos qilib keltirgan viloyat hokimi, yangilangan bosh Qomusimiz insonni ulug’lash, uning huquq va manfaatlarini ta'minlashni jamiyatimiz uchun hayot qoidasiga aylantirishda mustahkam poydevor bo’lishini qayd etdi.
Farg’ona viloyat sudining raisi Akrom Utayev Yangi Konstitutsiyaning eng muhim jihatlariga hamda unga kiritilgan yangi moddalarning ahamiyatiga e'tibor qaratdi.
Bayram tantanalari viloyatimizning taniqli san'at ustalarining katta gala-kontserti bilan davom etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram