Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA SHAHRIDAGI MASH'AL MAHALLASI: OBODLIK VA YASHILLIKKA BURKANGAN MAHALLA, ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUD
2023-12-09 10:46:45 4931
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahridagi Mash'al mahallasida bo’lib, ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari hamda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali mahallani ishsizlikdan xoli hududga aylantirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.
Viloyat rahbari dastlab mahalla hududidagi ko’p qavatli uyning yerto’la qismida tashkil etilgan Mikroorganik o’simliklarni yetishtirish kooperatsiyasi faoliyatini ko’zdan kechirdi.
Tadbirkor Tohirjon Abdusamatov tashabbusi bilan 2002 yilda ish boshlagan ushbu kooperatsiyaga joriy yil fevral oyida viloyat hokimining ilk tashrifidan hududdagi ko’p qavatli uylar so’ng ushbu tadbirkorlik sub'ektiga yerto’lalardan samarali foydalanish orqali aholini ish bilan ta'minlashga qaratilgan loyihani amalga oshirish uchun boshqaruv servis kompaniyasi shaklida biriktirib berilgandi. Hozirda 25 nafar mahallada yashovchilar, shu jumladan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar serdaromad ish bilan ta'minlangan. Kompaniya hozirda “20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida yangi ish o’rinlarini yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu maqsadda bank krediti olishga ko’maklashish bo’yicha tadbirkorning viloyat rahbariga murojaatini ijobiy hal etish bo’yicha mas'ullarga ko’rsatma berildi.
Viloyat rahbari mahalla hududida yangi tashkil etilgan pardachilik tsexida ham bo’ldi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan Hakimaxon To’xtaboyeva o’tgan yili monomarkazda kasbga o’qitilib, subsidiya asosida tikuv mashinasi berilgan. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi bo’yicha To’xtaboyevaga 33 million so’m imtiyozli kredit ajratilgani natijasida mahallada yashovchi 20 nafardan ziyod ayollarga ish o’rni yaratilgan tikuvchilik tsexi tashkil etildi.
Shahar IIB boshlig’i rahbarligidagi 3-sektor hududiga kiruvchi mahallada joriy yil boshida 170 nafar ishsiz fuqarolar bo’lgan. Mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi Arofatxon Maqsudovaning say'-harakatlari bilan ularning 22 nafariga imtiyozli kredit ajratilib, oilaviy korxona va YaTT ochishga ko’maklashildi. 8 nafariga subsidiya asosida mehnat qurollari ajratildi, 25 nafari Mikroorganik o’simliklarni yetishtirish kooperatsiyasida, 20 nafari tikuvchilik tsexida ish boshladi. Mahallada tashkil etilgan “Go’zallik saloni”da yana 10 nafar xotin-qizlar ishli bo’ldi. Qolgan ishsizlar shahar hududidagi tashkilot va korxonalarga ishga joylashtirilib, mahalla ishsizlikdan xoli hududga aylandi.
Yoshlar ishlari agentligi shahar bo’limi tashabbusi bilan mahalladagi ko’p kvartirali uylar oralig’idagi bo’sh turgan 1 gektar yer maydonida “Yoshlar eko bog’i” tashkil etildi. 1000 tup mevali va manzarali daraxtlar hamda 1000 tup mavsumiy va ko’p yillik gul ko’chatlari ekildi. Yoshlarning yana bir tashabbusi bilan mahalla yoshlarining sport bilan muntazam shug’ullanishlarini ta'minlash maqsadida Workout hamda bolalar maydonchalari qurilib foydalanishga topshirildi.
Viloyat hokimi shuningdek, Davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilib, foylanishga topshirilgan yangi mahalla binosini ham ko’zdan kechirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram