Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 228 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMINING O’RINBOSARI NURIDDIN MAMAJONOV TADBIRKORLAR VA EKSPORTYORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT TARZIDA UCHRASHUV O’TKAZDI

×

 2023-12-14 15:41:20    4829

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi viloyat “Tadbirkorlar uyi” majlislar zalida viloyat hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo’yicha o’rinbosari Nuriddin Mamajonov ishtirokida tadbirkorlik sohasida yuzaga kelayotgan to’siqlar, ishlab chiqarishda va mahsulotlarni eksport qilishdagi muammolar, mahsulotlarni yetishtirishda taklif va tavsiyalar, oldinda turgan aniq reja-vazifalar muhokamasiga bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvga Farg’ona, Marg’ilon, Quvasoy shaharlari, Yozyovon, Oltiariq, Qo’shtepa, Rishton, So’x, Toshloq, Farg’ona, Quva tumanlaridagi yirik tadbirkorlik sub'ektlari hamda sanoat va qishlok xo’jaligi mahsulotlari eksportchi korxonalari vakillari hamda tegishli mas'ullar taklif etildi.

Bugungi uchrashuv bu yilgi faoliyat sarhisobi, yutuqlar bilan o’rtoqlashish va yuzaga kelayotgan muammolar, takliflar bo’yicha fikr almashish maqsadida tashkil qilinganini qayd etgan viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov, bu kabi uchrashuvlar davomli bo’lishligini ma'lum qildi.

Viloyatimiz eksport mahsulotlari hajmida respublikada o’z o’rniga ega ekanligi, mazkur ijobiy ko’rsatkichlarni saqlab qolish va iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlarini barqarorligini ta'minlashda tadbirkorlarni hissasi katta va muhimligi alohida ta'kidlandi.

Ochiq muloqot shaklida davom etgan uchrashuvda mahsulotlarni eksportga ortishda talab etiladigan me'yoriy hujjatlar, ularning tartib-tamoyillari, bojxona qonunchiligi bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar, tadbirkorlik sub'ektlariga taqdim etilgan soliq imtiyozlari, QQSni qaytarish talablari, soliq hisobotlarini taqdim etish va yuritish tartiblari, tadbirkorlik sub'ektlariga ajratilayotgan kreditlar, moliyaviy resusrlardan samarali foydalanish, kredit olish talablari, to’lov tizimining qulayliklari va afzalliklari va sohaga doir boshqa masalalar bo’yicha mas'ullar tomonidan taqdimotlar o’tkazilib, kerakli tavsiya va tushunchalar berildi.

Uchrashuvda so’z olgan tadbirkorlar taklif va muammolari hamda faoliyatlarida yuzaga kelayotgan turli savollar bilan mas'ullarga yuzlanib, kerakli javoblarni oldilar.

Uchrashuv davomida ko’tarilgan har bir masala bo’yicha alohida “Yo’l xaritasi” tayyorlanib, shu asosda ish tashkil qilishga kelishib olindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram