Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VA XITOY O’RTASIDA QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA HAMKORLIK ALOQALARI KENGAYADI
2023-12-14 16:15:29 4839
Viloyat hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Alibek Tursunov boshchiligidagi soha mas'ullari hamda klasterlar rahbarlaridan iborat Farg’ona viloyati delegatsiyasi qishloq xo’jaligi sohasida hamkorlik aloqalarini kengaytirishni ko’zda tutgan amaliy tashrif bilan Xitoyga yetib bordi. Delegatsiya tarkibidan viloyat hokimining Farg’ona va Xitoy o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha maslahatchisi Otaxon Xayrullayev ham o’rin olgan.
6 kunlik tashrif davomida viloyatimiz delegatsiyasi a'zolari Pekin va Chendu shaharlarida bo’lib, qishloq xo’jaligi sohasida, shu jumladan, sohada suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritishda “Aqlli qishloq xo’jaligi” texnologiyalarini joriy etish bo’yicha yirik kompaniyalarning tajribalarni joyida o’rganadilar hamda hamkorlik bo’yicha muzokaralar olib borishadi.
Shuningdek, Xitoyning qishloq xo’jaligi ekinlari urug’chiligi sohasida eng yirik muassasalaridan biri – Pekin qishloq xo’jaligi va o’rmonchilik akademiyasi qoshidagi ilmiy-tadqiqot markazida bo’lib, Farg’ona viloyatida qishloq xo’jaligi ekinlari urug’chiligi sohasida hamkorlikni yo’lga qo’yish borasida ish olib boradilar.
Tashrif davomida shuningdek, Xitoyning qishloq xo’jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi yirik korxonalarini borib ko’rish hamda bunday texnikalarni Farg’ona viloyatida yig’ish va servis xizmatini joriy etish bo’yicha muzokaralar o’tkazish rejalashtirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram