Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA “YANGI O’ZBEKISTON” VA “PRAVDA VOSTOKA” GAZETALARI KUNLARI DOIRASIDA IJODIY UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

×

 2023-12-15 12:15:39    5044

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali faollar zalida “Yangi O’zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari kunlari doirasida ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, “Yangi O’zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari bosh muharririning birinchi o’rinbosari Nosir Jo’rayev, tahririyatning bir guruh xodimlari, farg’onalik ijodkorlar, universitet professor-o’qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar.

Ijodiy kechada so’z olganlar tomonidan yangi O’zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans g’oyasini amalga oshirish maqsadida olib borilayotgan ishlar, jarayonlarni yoritishda jurnalistlar oldida turgan vazifalar, shiddat bilan o’zgarib borayotgan bugungi taraqqiyot va rivojlanish har bir ommaviy axborot vositalaridan tezkorlik, xolislikni talab qilayotgani, internet tarmoqlaridagi xabarlar vaqti kelib o’chirilishi, lekin bosma nashrlarda chop etilgan maqolalar tarix bo’lib qolishi qayd etildi. Gazeta va kitoblarni ko’p mutolaa qilib, uning zavqini olgan inson hech qachon yutqazmasligi, gazeta xabar tarqatadigan oddiy qog’oz emas, balki gazeta tarbiya maktabi ekanligi uqtirildi.

Bu jarayonlarni xolisona yoritib borishda “Yangi O’zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalarining ham alohida o’rni bor ekanligi ta'kidlandi.

Ma'lumki, “Pravda Vostoka” gazetasi yurtimizdagi eng keksa gazeta bo’lsa, “Yangi O’zbekiston” gazetasi esa eng yosh nashrlardan biri hisoblanadi.

Tahririyat tomonidan nafaqat bosma nashr chop etilmoqda, balki uning internet, ijtimoiy tarmoqlarda ham o’z sahifalari faoliyati yo’lga qo’yilgan bo’lib, tezkor axborotlar, tahliliy materiallar, video, intervyular, qiziqarli suhbatlar berib borilmoqda.

Uchrashuv davomida adabiyotimiz rivojida o’z o’rniga ega bo’lgan farg’onalik marhum ijodkorlar ham yod etildi. Ustoz shoirlar va yosh shoiralar qalamiga mansub she'rlar o’qildi. Talabalarning musiqiy chiqishlari ham barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Tadbir so’nggida faol gazetxonlar tahririyatning esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram