Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMINING O’RINBOSARI FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTIDA UCHRASHUV O’TKAZDI
2023-12-15 20:45:36 4827
Viloyat hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo’yicha o’rinbosari Nuriddin Mamajonov Farg’ona politexnika institutida professor-o’qituvchilar, doktorantlar hamda talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi.
Ochiq muloqot tarzida o’tgan uchrashuvda viloyat hokimligi muvofiqlashtiruvi ostida FarPI bilan viloyatdagi yirik kompaniya, klaster va boshqa korxonalar o’rtasida hamkorlik tizimini kengaytirish, ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etish bo’yicha 2024 yilga mo’ljallangan rejalar muhokama qilindi.
Shuningdek, institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar potentsialini o’rganish, investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo sohasiga yosh kadrlarni ishga jalb qilish kabi masalalar bo’yicha fikr almashildi.
Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar bilan dual ta'limni yo’lga qo’yish va turli forumlar tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida institut qoshidagi "Sanoat va iqtisodiyotni rivojlantirish markazi" faoliyatiga ko’mak ko’rsatish, xorijiy investorlar ishtirokida o’tkaziladigan tadbirlarga institut talabalarini taklif etish masalalari ham muloqot kun tartibidan o’rin oldi.
Institutda tashkil etilgan “Innovatorlar klubi” a'zolari bilan har oyda bir marotaba davra suhbati o’tkazishga kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram