Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILONDA FARG’ONA-INDONEZIYA BIZNES-FORUMI BO’LIB O’TDI

×

 2023-12-16 15:30:57    5590

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Marg’ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazida Farg’ona-Indoneziya biznes-forumi bo’lib o’tdi. Forumda kecha viloyatimizga tashrif buyurgan Indoneziyaning Janubiy Sulavesi provintsiyasi rasmiylari va tadbirkorlaridan iborat katta delegatsiya a'zolari, viloyatimizda ipakchilik sohasida faoliyat olib borayotgan mahalliy tadbirkorlar, viloyat investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo tizimi vakillari ishtirok etdilar.

Forumni ochib bergan viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov, ushbu biznes-forum rivojlanib borayotgan ikki davlat o’rtasida kelgusida qator sohalarda hamkorlikni yo’lga qo’yilishida amaliy qadam ekanligini qayd etdi.

Ipakchilik, meva-sabzavot, o’g’it savdosi va iqtisodiy sohalarning barcha tarmoqlari bo’yicha Farg’onaga kelib, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun har tomonlama ko’mak ko’rsatilishi ma'lum qilindi.

Bugungi forum ipakchilik sanoati sohasida qo’shma loyihalarni amalga oshirish, hamkorlikda yangi bozorlarga kirib borish, hududlararo savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishda muhim o’rin tutishi ta'kidlandi.

Indoneziyaning Janubiy Sulavesi provintsiyasi Milliy hunarmandchilik boshqarmasi rahbari Sofha Marva Baxtiyor ham forumda so’z olib, samimiy mehmondo’stlik uchun minnatdorchilik bildirdi. O’zbek ipakchilik sanoatini yaqindan o’rganish va hamkorlikni yo’lga qo’yish uchun tashrif buyurganliklarini qayd etgan Sofha Marva Baxtiyor, O’zbekistonda bu sohada erishilgan natijalarni yuqori baholab, birgalikda amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

Forum doirasida ikki tomonning investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy salohiyati to’g’risida mas'ul vakillar tomonidan taqdimotlar ham o’tkazildi.

Forum yakunida Janubiy Sulavesi provintsiyasi Milliy hunarmandchilik boshqarmasi va “Nurli Tong Silk” korxonasi hamda provintsiyaning Savdo va sanoat agentligi va Marg’ilondagi “Hunarmandlar markazi” o’rtasida hamkorlik memorandumlari, shuningdek, ikki hudud tadbirkorlari o’rtasida ipakchilik sanoatida qo’shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlar imzolandi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram