Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA-KOREYA HAMKORLIK ALOQALARI KO’LAMI KENGAYADI. KOREYAGA BORUVCHILAR UCHUN KOREYS TILIDAN EPS-TOPIK TEST IMTIHONLARINI FARG’ONADA TASHKILLASH REJALASHTIRILMOQDA
2023-12-16 18:51:43 5869
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya maktablari xavfsizligiga ko’maklashish assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Xun Chung hamda Koreya markazlashgan isitish korporatsiyasi (KDHC) boshqarmasi boshlig’i Joa Yul Kimni, shuningdek, Farg’ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti rektori Park Jun Xoni qabul qildi.
Uchrashuvda yil sayin rivojlanib borayotgan Farg’ona viloyati va Koreya o’rtasida hamkorlik aloqalari ko’lamini yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi, shu jumladan, maktab o’quvchilari xavfsizligini ta'minlashni tizimli tashkil etishda, markazlashgan isitish tizimlarida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida shuningdek, Koreyaga boruvchilar uchun koreys tilidan EPS-Topik test imtihonlarini Farg’ona shahrida Koreya xalqaro universiteti qoshida tashkil etish masalasi ko’rib chiqildi. Viloyat hokimi bunday imtihonlarning Farg’onada o’tkazilishi o’n milliondan ziyod vodiy viloyatlari aholisi uchun qulaylik yaratishini ta'kidladi. Bu borada Koreyaning O’zbekistondagi elchixonasi hamda Koreyadagi mas'ul davlat idoralari bilan birgalikda ish tashkil etishga kelishib olindi.
Uchrashuvda viloyat hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo’yicha o’rinbosari Nuriddin Mamajonov, sohalarga mas'ul viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlar ham ishtirok etdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram