Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATIDA 3 TA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTI (NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTI) DAVLAT IJTIMOIY BUYURTMASI VA DAVLAT GRANTIGA EGA BO’LDI

×

 2023-12-19 12:21:15    4880

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan noyabr oyida e'lon qilingan Davlat ijtimoiy buyurtmasi hamda “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili” Davlat dasturi ijrosini ta'minlashda “Fuqarolik jamiyati institutlarining loyihalarini qo’llab-quvvatlash” mavzusida davlat grantini ajratish uchun 4-tanlov g’oliblari aniqlandi.

2023 yilning 7 noyabridan 7 dekabrgacha davom etgan hujjatlarni qabul qilish jarayonida viloyat bo’yicha jami 8 ta loyiha topshirildi. Bulardan 2 ta loyiha OAVdan, 5 ta loyiha NNT vakillaridan va 1 ta loyiha MFYdan kelib tushgan.

Mazkur loyihalar Xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo’yicha jamoat komissiyasi raisi va a'zolari tomonidan atroflicha ko’rib chiqildi.

Yakuniy natijalarga ko’ra, viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasining “Esklav hududlarda uyushmagan yoshlarni sportga jalb qilish, bo’sh vaqtini samarali o’tkazish va sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish” davlat buyurtmanomasiga asosan – “Yordon” mahalla fuqarolar yig’inining “Mahallamizda ommaviy sportni rivojlantiramiz” nomli loyihasi (200 million so’m), Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi viloyat hududiy boshqarmasining Farg’ona viloyatidagi kasb-hunar maktablarida fizika, kimyo-biologiya laboratoriya xonalaridagi moddiy o’quv-texnik bazasini yangilash hamda 32 dona interaktiv doska bilan ta'minlash davlat buyurtmanomasiga asosan - Farg’ona viloyati “Ziyonur” ayollar va o’smirlarni ijtimoiy huquqiy, ekologik qo’llab-quvvatlash markazining “Farg’ona viloyati kasb-hunar maktablarining fizika-kimyo laboratoriya xonalaridagi moddiy o’quv-texnik bazasini yangilaymiz va interaktiv doskalar bilan ta'minlaymiz” nomli loyihasi (220 million so’m) hamda “Millatlararo totuvlikni ta'minlashda davlat organlari bilan hamkorlikda ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va tadbirlar tashkil etish” davlat granti yo’nalishi bo’yicha, Farg’ona viloyati qirg’iz milliy madaniy markazining “Baxtli kelajak – o’z qo’limizda” nomli loyihasi (50 million so’m) g’olib deb topildi.

Xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo’yicha jamoat komissiyasi qarori bilan, Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan jami 2 ta davlat ijtimoiy buyurtmasiga va 1 ta davlat granti uchun jami 470 million so’m mablag’ ajratildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram