Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 166 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

×

 2023-12-19 20:55:10    3815

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi Islom Karimov nomidagi teatr-kontsert saroyida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning viloyatimiz yoshlari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda 900 nafardan ziyod turli sohalar vakillari bo’lgan faol yoshlar ishtirok etdilar.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan bugungi davlat siyosati zamirida yoshlarga e'tibor va g’amxo’rlik, ularga zamonaviy bilim berish va iqtidorini rivojlantirish mujassam ekanini qayd etib, bugun yoshlar kelajagi bilan bog’liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega bo’lib turganiga e'tibor qaratdi.

Dunyodagi bugungi murakkab va ziddiyatli vaziyatda Muhtaram Prezidentimizning ichki va tashqi siyosatdagi oqilona va talabchan rahbarliklarida yurtimizda tinchlik hukm surib, iqtisodiy barqarorlik ta'minlanayotganini qayd etgan viloyat hokimi, yoshlarimiz o’zlariga yaratilayotgan ulkan imkoniyatlardan unumli foydalanishlari shartligini ta'kidladi.

Tuman hokimi bo’lib ishlagan yaqin o’tmishdagi davrlarni esga olgan viloyat rahbari, kontrakt to’lovi uchun yordam so’rab kelgan bir-ikki nafar talabaning murojaatini qanoatlantirish ham qiyin bo’lganini aytib, hozirgi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar doirasida birgina Farg’ona viloyatida bir yilda 5 ming nafardan ziyod talabaning to’lov-kontrakt pullari to’lab berilayotganiga to’xtalib o’tdi.

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan yo’lga qo’yilgan “Yoshlar daftari” orqali viloyatimiz yoshlariga manzilli yordam ko’rsatish uchun 100 milliard so’mdan ziyod mablag’ yo’naltirilganiga, “Yoshlar balansi” asosida 21 ming nafarga yaqin “og’ir” toifadagi yoshlarning muammolarini hal qilinganiga, yil boshidan beri 37 ming nafardan ortiq yoshlarning bandligi ta'minlanganiga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, bularning barchasi Muhtaram Prezidentimizning yoshlarga bo’lgan e'tiborlari va g’amxo’rliklari natijasi ekanini ta'kidladi.

Bugungi yoshlarning orzu-havaslari yuqori ekanini qayd etgan viloyat hokimi, yuqori bilim olish bilangina barcha maqsadlarga erishilishini ta'kidladi. Viloyat rahbari ta'lim bilan birga tarbiya uyg’unligini ta'minlash muhimligini aytib, tug’ilgan yurtni asrab-avaylash, ona Vatanni sevish, milliy qadriyatlarimiz, ajdodlarimizdan meros bo’lgan ezgu urf-odatlarimizni asrash, o’zligimizni saqlash lozimligiga e'tibor qaratdi.

“Har ish niyatdan boshlanadi, niyatlar maqsadlarga, maqsadlar harakatlarga aylanadi. Agar yaxshi niyat qilib, to’g’ri yo’l bilan borib, tinimsiz harakat qilinsa inson barcha maqsadiga yetadi” -dedi viloyat rahbari.

Viloyat hokimi hayotiy misollar bilan jamiyatdagi asosiy illatlar bo’lgan hasad, kibr va manmanlik, yolg’onchilik va g’iybatdan saqlanish masalalariga to’xtalib, yoshlarga bu illatlarning zarari haqida o’z fikrlarini yetkazdi.

Uchrashuv davomida o’z yutuqlari bilan Farg’onani rivojlantirish va yuksaltirish ishiga hissa qo’shib kelayotgan, Vatanga muhabbat va sadoqat, tashabbuskorlik va tashkilotchilik borasida tengdoshlariga alohida namuna ko’rsatayotgan yoshlarning katta guruhi viloyat hokimining Tashakkurnomalari hamda sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir viloyatimizning taniqli san'atkorlari hamda O’zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Farg’ona filiali talabalari ijrosidagi jonli kuy-qo’shiqlar bilan davom etdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram