Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATIDA “AYOLLAR DAFTARI”NING 4-BOSQICHI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
2023-12-21 19:01:08 4083
Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida “Ayollar daftari” tizimining 4-bosqichi doirasida yil davomida viloyatda amalga oshirilgan ishlarning tanqidiy tahlili hamda 2024 yilda amalga oshiriladigan vazifalarga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Mazkur yig’ilishda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Ichki ishlar vazirining o’rinbosari Bekmurod Abdullayev, Iqtisodiyot va moliya vazirining o’rinbosari Otabek Fozilkarimov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimining o’rinbosarlari, tegishli boshqarma, tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etdilar. Hududiy studiyalardan shahar va tumanlar hokimlari, sektorlari rahbarlari hamda tegishli mas'ullar videokonferentsaloqa orqali yig’ilishda qatnashdilar.
Yig’ilish kun tartibidagi “Ayollar daftari” tizimining 4-bosqichi doirasida 2023 yil davomida viloyatimizda amalga oshirilgan ishlarning tanqidiy tahlili hamda 2024 yilda amalga oshiriladigan vazifalar muhokama qilindi.
Ma'lumki, “Ayollar daftari”ning 4-bosqichi doirasida 858 mingdan ortiq 30 yoshdan yuqori bo’lgan xotin-qizlar o’rtasida anketa-so’rovnomalar asosida xatlov ishlari amalga oshirildi. Xatlov yakunlariga ko’ra, Nizom asosida 6 ta toifa bo’yicha 112 ming 22 nafar xotin-qizlar shahar-tuman Kengashlarining tegishli sessiyalari qarorlari asosida “Ayollar daftari”ga kiritildi.
Shahar-tuman sektor rahbarlari, tegishli mas'ul tashkilotlar bilan birgalikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 112 ming 22 nafar xotin-qizlarning, 111 ming 362 nafariga (99,4 foizi) tegishli amaliy yordamlar ko’rsatildi. Buning uchun Respublika va mahalliy byudjet hamda boshqa manbalar hisobidan 89,3 milliard so’m mablag’ sarflandi.
Yig’ilishda Ichki ishlar vazirining o’rinbosari Bekmurod Abdullayev so’z olib, “Ayollar daftari” tizimining 4-bosqichi davomida ayollarga ko’rsatilgan amaliy yordamlar yuzasidan tayyorlangan axborotini o’qib eshittirdi. Mavsum davomida mas'uliyat bilan ish olib borgan barcha mas'ullarga minnatdorchilik bildirildi.
Yig’ilishda shuningdek, 2024 yilning 5 yanvaridan “Ayollar daftarining” 5-bosqichi boshlanishi ma'lum qilindi. Davlat va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzilishi, xonadonma-xonadon yurilib, ro’yxat shakllantirilishi, bu jarayonda faqat xotin-qizlar emas, balki barcha darajadagi rahbarlar ham faol ishtirok etishi qayd etildi.
Viloyat hokimi ushbu tizim Prezident e'tiboridagi siyosiy masala ekanligini ta'kidlab, “Ayollar daftari” ro’yxatiga kiritilgan har bir xotin-qizlar e'tibordan chetda qolmasligi va ularga doimiy daromad manbai yaratilib, bandligini ta'minlash asosiy maqsad ekanligini uqtirdi.
Yig’ilish so’nggida joriy yilgi ishlarni to’liq yakunlash bo’yicha mas'ullarga ko’rsatmalar berilib, kelgusidagi aniq vazifalar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram