Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 119 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZDA “USTOZ – TA'LIM BUNYODKORI” SHIORI OSTIDA O’QITUVCHILAR QURULTOYI BO’LIB O’TDI

×

 2023-12-24 12:31:08    5157

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi Prezident maktabida hamda “Tadbirkorlar uyi” faollar zalida “Ustoz – ta'lim bunyodkori” shiori ostida viloyatimiz o’qituvchilarining qurultoyi bo’lib o’tdi.

Ta'lim sohasidagi islohotlarni hamjihatlikda amalga oshirish, o’qituvchilarni yagona kuchga aylantirish hamda mavjud muammolarni muhokama qilish va ularning yechimi bo’yicha aniq takliflar ishlab chiqishni maqsad qilgan qurultoy ishida viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o’rinbosari Dilshod Kenjayev, faxriy ustozlar hamda 400 nafar farg’onalik ilg’or o’qituvchilar ishtirok etdilar.

Prezident maktabida bo’lib o’tgan seminar-treninglarda xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan ilg’or tajribalar asosida yaratilgan darsliklar majmualari asosida o’qitish metodikalari, o’qish savodxonligi va ona tili fanlari doirasida 4K modelini qo’llash, loyihaga asoslangan ta'lim, mavjud muammolar va ularning yechimi bo’yicha amaliy mashg’ulotlar bo’lib o’tdi.

“Tadbirkorlar uyi” faollar zalida ochiq muloqot tarzida o’tkazilgan munozarada mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish, jamiyatda o’qituvchining obro’sini yanada yuksaltirish borasida fikrlar almashildi.

Qurultoyda ta'lim-tarbiya tizimiga munosib hissa qo’shgan pedagoglarning 4 nafariga “Xalq ta'limi a'lochisi” ko’krak nishoni topshirildi, 38 nafar faxriy ustozlarga sihatgohlarga bepul yo’llanmalar taqdim etildi. Yil davomida faollik ko’rsatgan ta'lim muassasalari hamda o’qituvchilarning bir guruhiga faxriy yorliqlar hamda sovg’alar topshirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram