Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YANGI YIL BAYRAMI OLDIDAN IKKINCHI JAHON URUSHI QATNASHCHILARINING HOLIDAN XABAR OLINIB, ULARGA PREZIDENT TABRIGI VA SOVG’ALARI TOPSHIRILDI

×

 2023-12-26 16:51:01    5230

PDF yuklash
Chop etish


Yangi yil bayrami oldidan viloyatimizda yashovchi 13 nafar ikkinchi jahon urushi faxriylarining holidan xabar olinib, ularga Prezidentimizning bayram tabrigi, pul mukofotlari, sovg’alar, oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni o’rinbosari Zafar Bazarbayev, viloyat Mudofaa va Milliy gvardiya tizimlari rahbarlari bilan birga Farg’ona tumanida yashovchi Tursunbek ota Isanbekov hamda Farg’ona shahrida yashovchi Fatina aya Sharipova xonadonlarida bo’lib, urush qatnashchilarini va ularning oila a'zolarini bayram bilan tabrikladi. Davlatimiz rahbarining tabrigini o’qib eshittirib, mukofotlarni topshirdi.

Tursunbek ota Isanbekov Xonqiz qishlog’ida yashaydi. 1944 yil 19 yoshida urushga ketib, 1950 yilda qaytgan. So’ng kolxozda brigadirlik qilgan. Turmush o’rtog’i Xabibaxon aya bilan 3 o’g’il, 5 qizni tarbiyalab uyli-joyli qilishgan.

Qrimning Feodosiya shahrida tug’ilgan Fatina Sharipovaning bolalik yillari nemis-fashistlarning Gannover-Alem kontslagerida o’tgan. Urushdan so’ng O’zbekistonga jo’natilgan Fatina Sharipova, dastlab Buxoro shahrida, 1964 yildan Farg’ona shahrida yashab keladi. Uzoq yillar davomida ta'lim sohasida samarali faoliyat olib borgan. Bir o’g’li, bir nabirasi ardog’ida.

Nuroniylar hurmat va mehr og’ushida yashayotganliklari, sog’liqlari yaxshi, hayotlaridan rozi ekanliklarini aytib, o’zlariga bo’lgan e'tibor va g’amxo’rlik uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdilar.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram