Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 103 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI QATOR TUMANLARDA BO’LIB, QISHLOQ XO’JALIGI TEXNIKALARI SOZLIGI VA HOLATI BILAN TANISHDI, YANGI MAVSUM OLDIDAN FERMERLAR BILAN MULOQOT O’TKAZDI

×

 2023-12-26 19:06:41    2270

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Quva, Toshloq, Yozyovon va Qo’shtepa tumanlarida bo’lib, qishloq xo’jaligi texnikalari sozligi va holati bilan tanishdi, yangi mavsum oldidan fermerlar bilan muloqot o’tkazdi.

Yig’ilganlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklagan Xayrullo Bozorov, o’tayotgan 2023 yilda paxtachilikda, g’allachilikda va meva-sabzavot yetishtirishda yuqori natijalarni qayd etgan soha vakillariga o’z minnatdorchiligini bildirdi. Viloyat hokimi yuqori hosildorlikni ta'minlashda muhim omil bo’lgan qishloq xo’jaligi texnikalarining yangi mavsumga shayligi kelgusi yilga xotirjam qadam qo’yishga imkon berishini qayd etdi.

Uchrashuvlarda mavsum oldida turgan dolzarb vazifalar haqida fikr va mulohazalar bildirildi.

Dunyodagi bugungi ziddiyatli vaziyatlar davrida jahon bozorida paxta narxining tushib ketishi yurtimiz paxtakorlariga ham o’z ta'sirini ko’rsatganini qayd etgan viloyat hokimi, bu holatdan chiqib ketishning yagona yo’li fermerlar uchun – hosildorlikni ko’tarishdan, klasterlar uchun – ip-kalavani tayyor mahsulotgacha qayta ishlash darajasini 100 foizga yetkazishdan iborat ekanini ta'kidladi.

Joriy yilda paxtachilikda paxta qator oralarini 76 sm kenglikda parvarishlash o’z samarasini berganiga, gektaridan 60 tsentnergacha hosil ko’tarilganiga e'tibor qaratgan viloyat rahbari, bu yil ham qator oralarini 76 va 90 sm kenglikda yoki qo’shqatorlab chigit ekishni ommalashtirish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Kelgusi 2024 yilda ham qishloq xo’jaligiga ilmiy yondashuv davom ettirilishi ta'kidlandi, o’g’itlash va oziqlantirish jarayonlarini tuproqning agrokimyoviy tahlili hamda ozuqa moddalari bilan ta'minlanganlik darajasiga qarab amalga oshirish, tuproqning sho’rlanish darajasiga qarab melioratsiya qilish kabi masalalarga e'tibor qaratilishi lozimligi qayd etildi.

Viloyatimizda paxta terimini mexanizatsiyalash uchun qishloq xo’jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi qator xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar o’tkazilayotgani, viloyatimizda terim mashinalarining servis xizmatini ham tashkil etish borasida ish olib borilayotgani ma'lum qilindi.

Uchrashuvlar yakunida tumanlardagi ilg’or mexanizatorlarga 2 million so’mdan mukofot pullari va esdalik sovg’alari topshirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram