Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI FARG’ONA VILOYAT KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASIDA FARG’ONA VILOYATINING 2024 YILGI MAHALLIY BYUDJETI TASDIQLANDI

×

 2023-12-27 15:30:29    6820

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashining navbatdagi oltmish uchinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Iqtisodiyot va moliya vaziri o’rinbosari Axadbek Haydarov, Soliq qo’mitasi Byudjet daromadlarini prognozlashtirish departamenti direktori Ramshid Xo’jaqulov, viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining tegishli o’rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar. Hududiy studiyalardan tegishli mas'ullar videokonferentsaloqa orqali yig’ilishda qatnashdilar.

Sessiyaga viloyat hokimi Xayrullo Bozorov raislik qildi va olib bordi.

Kun tartibiga ko’ra, 3 ta masala ko’rib chiqildi. Dastlab O’zbekiston Respublikasining 2023 yil 25 dekabrdagi “2024 yil uchun O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to’g’risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda Farg’ona viloyatining 2024 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash masalasi ko’rib chiqildi.

Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig’i Zafarjon Ro’zaliyevning 2023 yil yakuni bilan Farg’ona viloyati mahalliy byudjetining kutilayotgan ijrosi hamda 2024 yilga mo’ljallangan byudjet va soliq siyosatini yanada takomillashtirish bo’yicha ishlab chiqilgan viloyat mahalliy byudjeti loyihasi to’g’risidagi axboroti tinglandi.

Ta'kidlandiki, dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, mahalliy byudjet uchun 2023 yilga jami 4 trln. 340,6 mlrd.so’m daromadlar prognozi (aniqlashtirilgan) belgilangan bo’lib, joriy yil yakuniga qadar 4 trln. 500,0 mlrd.so’m daromadlar tushirilib, belgilangan prognozni 159,4 mlrd.so’mga yoki 104 foizga ijrosini ta'minlash choralari ko’rilmoqda.

Soliq-byudjet siyosatida ko’zda tutilayotgan o’zgarishlar hamda byudjet daromadlariga sezilarli ta'sir ko’rsatuvchi yalpi hududiy mahsulot (YaHM) ko’rsatkichlarini oshishi, bazaviy hisoblash miqdorini hamda mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorini o’sishi hisobga olingan holda Farg’ona viloyati mahalliy byudjet daromadlari prognozi 2024 yil uchun 5 trln. 399,0 mlrd.so’m belgilanmoqda.

2024 yil uchun Farg’ona viloyati mahalliy byudjetining xarajatlari 7 trln. 342,6 mlrd. so’mni tashkil etmoqda.

Bunda, mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi farqni qoplash uchun tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar ko’zda tutilgan bo’lib, 2024 yil uchun 1 trln. 943,7 mlrd. so’m, shundan 687,8 mlrd. so’mi aktsiz solig’i tushumlari hisobidan ajratiladigan mablag’larni tashkil etadi.

Sessiyada ma'ruzachi tomonidan viloyat mahalliy byudjeti xarajatlari haqida yo’nalishlar va sohalar kesimi bo’yicha ham ma'lumotlar berildi.

Deputatlar 2024 yil viloyat byudjeti yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollar va takliflarni o’rtaga tashladilar. Muhokamalardan so’ng Farg’ona viloyatining 2024 yilgi mahalliy byudjeti bir ovozdan tasdiqlandi.

Sessiyada shuningdek, viloyatdagi banklar tomonidan ajratilgan kreditlar qaytimi, mavjud muammoli kredit qarzdorliklarini undirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ko’rilayotgan chora-tadbirlar hamda viloyatdagi issiqlik bilan ta'minlovchi korxonalar tomonidan ko’rsatiladigan issiqlik ta'minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) ham ko’rib chiqildi.

Sessiya yakunida ko’rilgan har bir masala yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram