Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
Viloyatda jismoniy va yuridik shaxslar vakillari murojaatlari bilan ishlash borasida 2023-yilning 2-choragi davomida olib borilgan ishlar
2023-12-28 14:15:06 281
Tahlillarni ko‘rsatishicha, 2023-yilning 2-choragi davomida viloyat hokimligi tomonidan jami 3502 ta (2022-yil 2-choragida 3771 ta yoki 7.6%ga kamaygan) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari ko‘rib chiqilgan.
Aholini qiynab turgan muammolari bilan yanada jiddiyroq shug‘ullanish lozimligini inobatga olgan holda eng olis va chekka hududlarda tasdiqlangan jadval asosida o‘tkazilgan 11 ta ommaviy sayyor qabullar davomida 868 ta murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, viloyat hokimi va o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy qabullarda 384 nafar aholi vakillarining murojaatlari qabul qilindi.
Hisobot davrida shahar, tumanlar hokimliklari kesimida murojaatlarning ortishi holati kuzatilmagan bo‘lsada, kelib tushgan murojaatlarning eng ko‘pi Farg‘ona (709 ta), Qo‘qon (322 ta), Marg‘ilon (286 ta) shaharlari, Quva (227 ta), Oltiariq (192 ta), O‘zbekiston (186 ta), Toshloq (164 ta) Farg‘ona (172 ta) tumanlari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Murojaatlar bilan ishlash natijalari, bu sohada olib borilayotgan ishlar bo‘yicha 4 ta hisobot-yig‘ilishi, 4 ta ZOOM platformasi orqali murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish bo‘yicha 24 ta o‘quv-seminarlar o‘tkazildi.