Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 103 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTONNING NAGOYA SHAHRIDAGI FAXRIY KONSULI XIROYUKI ITO BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

×

 2024-02-03 10:38:20    1484

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov O’zbekistonning Nagoya shahridagi faxriy konsuli Xiroyuki Itoni hamda yaponiyalik ishbilarmonlarni qabul qildi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyati hamda Yaponiya provintsiyalari o’rtasida hududlararo investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida davlatlarimiz o’rtasida barcha sohalardagi aloqalar so’nggi yillarda mutlaqo yangi bosqichga chiqqani hamda o’zaro hamkorlik jadallashib borayotgani qayd etilib, yaratilayotgan sharoitlar natijasida hamkorlik ko’lamini yanada kengaytirish imkoniyati mavjudligi ta'kidlandi.

2023 yil sentyabr oyida O’zbekistonning Nagoya shahridagi faxriy konsuli etib tayinlangan, “Nagoya-O’zbekiston” do’stlik assotsiatsiyasi maslahatchisi Xiroyuki Ito, Yaponiya ishbilarmon doiralarining O’zbekistonga, jumladan, Farg’onaga qiziqishi tobora ortib borayotganiga e'tibor qaratib, faxriy konsul maqomida o’zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish uchun har tomonlama ko’maklashishga tayyor ekanini bildirdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiyaning 2022 yil dekabrdagi Yaponiyaga amaliy tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar izchil hayotga tatbiq etilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan yaponiyalik tadbirkorlar bilan Farg’ona viloyatida yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va Yaponiya bozoriga keng eksportini tashkil etish, ularga JAS (Japanese Agricultural Standard) sertifikatlarini olish bo’yicha hamkorlikda ish tashkil etish bo’yicha kelishib olindi.

Mart oyida Toshkentda O’zbekiston va Yaponiya ishbilarmon doiralari ishtirokida o’tkazilishi rejalashtirilayotgan biznes forumda viloyatimiz hamda yaponiyalik tadbirkorlarning muloqotlarini tashkil etish hamda hamkorlikdagi loyihalarni shakllantirish bo’yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov ham ishtirok etdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram