Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 106 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA “O’ZBEK MAHSULOTLARINI DUNYO BOZORIGA SIFATLI OLIB CHIQISHGA O’Z HISSAMIZNI QO’SHAMIZ” MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT O’TKAZILDI

×

 2024-02-05 16:41:25    1313

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi” majlislar zalida viloyat hokimligi, O’zbekiston Eksportchilari uyushmasi, O’simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda O’zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi - UzTest DUK bilan hamkorlikda “O’zbek mahsulotlarini dunyo bozoriga sifatli olib chiqishga o’z hissamizni qo’shamiz” mavzusida ochiq muloqot o’tkazildi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosarlari Nuriddin Mamajonov va Alibek Tursunov, O’simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev, O’zbekiston Eksportchilari uyushmasi raisi Yorqin Malikov, viloyatimizdagi yirik tadbirkorlik sub'ektlari hamda sanoat va qishlok xo’jaligi mahsulotlari eksportchi korxonalari vakillari hamda tegishli mas'ullar ishtirok etdilar. Shuningdek, respublikamizning boshqa viloyatlaridan ham tadbirkorlar va eksportyorlar Zoom orqali onlayn qatnashdilar.

Viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov bugungi uchrashuv eksportyorlarning faoliyatidagi yutuqlar bilan o’rtoqlashish va yuzaga kelayotgan muammolar, takliflar bo’yicha fikr almashish maqsadida tashkil qilinganini qayd etdi.

Ilg’or texnologiyalar asosida to’liq ishlab chiqarish zanjirini qamrab olgan viloyatimizdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning jahon bozorlariga kirib borishi va yuqori narxlarda sotilayotganligi ta'kidlandi.

2023 yilda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan 769 ta eksportyor korxonalar tomonidan jami 722 million dollarlik sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Mazkur yo’nalishlarda bu yil ham kutilgan natijalarga erishish bo’yicha ish tashkil qilish tushuntirildi.

Uchrashuvda 2024 yilda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport hajmini oshirish chora-tadbirlari, meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga sifatli tayyorlashning ahamiyati, xorijiy xaridor topish yo’llari va sohaga doir boshqa masalalar bo’yicha mas'ullar tomonidan taqdimotlar o’tkazilib, kerakli tavsiya va tushunchalar berildi.

Tadbirkorlar eksport sohasida mavjud muammolar va ularni hal etish bo’yicha o’z takliflarini bildirib, faoliyatlarida yuzaga kelayotgan turli savollar yuzasidan mas'ullardan javoblarni oldilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram