Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 124 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZDA AHOLINI KICHIK VA O’RTA BIZNESGA JALB QILISH IMKONIYATLARI YANADA KENGAYADI

×

 2024-02-06 12:17:49    2142

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi” majlislar zalida aholini kichik va o’rta biznesga keng jalb qilish, ularni bandligini ta'minlash xamda zarur shart-sharoitlar yaratish bo’yicha amalga oshirilishi ko’zda tutilgan ishlar yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Mazkur yig’ilishda viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Xabib Sirojitdinov, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruv raisi o’rinbosari Alisher Muratov, viloyat va Farg’ona shahridan iqtisodiy kompleks tashkilotlari, tijorat banklari rahbarlari, hokim yordamchilari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 9 yanvardagi “2024 yilda yangi ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko’maklashish dasturi to’g’risida”gi PQ-7-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida aholini kichik va o’rta biznesga keng jalb qilish, ularni bandligini ta'minlash xamda zarur shart-sharoitlar yaratish bo’yicha Respublika ishchi guruhi tuzilib, hududlarga yuborildi.

Ushbu ishchi guruhdan Farg’ona viloyatiga biriktirilgan “Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruv raisi o’rinbosari Alisher Muratov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi tomonidan reja-jadval asosida 1 hafta davomida viloyatimiz mahallalarida 10 ta yo’nalishda (Biznesni rivojlantirish bankining 8 ta moliyaviy instrumentlaridan foydalanish, o’zini o’zi band qilgan shaxslarni ko’paytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasining moliyaviy instrumentlaridan foydalanish, mikrokredit tashkilotlari soni va qamrovini kengaytirish, oilaviy tadbirkorlik dasturlaridan samarali foydalanishdagi yangi yondashuv, kasanachilik faoliyatini yanada kengaytirish, xizmatlar sohasini rivojlantirish, dehqon xo’jaligi uchun ijaraga uzoq muddatga yer olgan aholini kooperativlarga birlashtirish va agregator tizimini yo’lga qo’yish, bo’sh bino-inshootlar va yer maydonlaridan samarali foydalanish, ish o’rinlari hisobini yuritish, norasmiy ish o’rinlari va tadbirkorlarni soliq bazasiga kiritish, yashirin iqtisodiyotni kamaytirish) olib borilayotgan ishlar holati o’rganilishi belgilangan.

Bugungi yig’ilishda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruv raisi o’rinbosari Alisher Muratov ishchi guruhining faoliyati, ishni qanday tartibda tashkil etish, asosiy vazifalar haqida to’xtaldi, shuningdek, aholini kichik va o’rta biznesga keng jalb qilish, ularning bandligini ta'minlash hamda zarur shart-sharoitlar yaratish borasida 2024 yildagi muhim vazifalarning mazmun-mohiyati hamda qaror ijrosini namunali tashkil etish yuzasidan tushunchalar berdi.























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram