Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA “IPAKCHILIK SOHASINI RIVOJLANTIRISHNING YANGI BOSQICHLARI VA YO’NALISHLARI” MAVZUSIDA HUDUDIY ILMIY-AMALIY SEMINAR BO’LIB O’TDI

×

 2024-02-07 21:02:03    2089

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi” majlislar zalida “Ipakchilik sohasini rivojlantirishning yangi bosqichlari va yo’nalishlari” mavzusida hududiy ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Unda Bosh vazir o’rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo’mitasi raisi Zulayho Mahkamova, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo’mitasi raisi Iqboljon Ergashev, Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlari hokimlari o’rinbosarlari – Oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari, Hunarmandlar uyushmasi viloyatlar rahbarlari, vodiy viloyatlari “Agropilla”, ipakchilik, qorako’lchilik klasterlari, ipak qurti urug’chilik korxonalari rahbarlari, qishloq xo’jaligi boshqarmalari boshliqlari, yirik pillakorlar ishtirok etdi.

Seminar davomida bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalar qatori ipakchilik sohasida ham katta islohotlar amalga oshirilayotgani, bundan ko’zlangan maqsad munosib ish o’rinlari yaratgan holda aholini doimiy daromad manbasi bilan ta'minlash ekanligiga e'tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan e'tiborga muhtoj ayollar va yoshlar, davlat ko’magiga muhtoj ehtiyojmand oilalar qatlamini ajratib olib, alohida daftarlar tashkil qilingani, har birining muammolarini hal etishda yangicha tartibda manzilli ish olib borilayotgani, bu jarayonda qishloq aholisini, ayollarni ish bilan ta'minlashda pillachilik sohasi alohida o’rin tutishi ta'kidlab o’tildi. Mahallalarda pillachilikni rivojlantirish orqali xotin-qizlarning ishli bo’lishlari, daromad olishlariga ko’maklashish har bir MFYdagi xotin-qizlar faollarining doimiy e'tiborida bo’lishi lozimligi qayd etildi.

Seminarda shuningdek, ma'ruzachilar tomonidan ipak qurti urug’i yetishtirish, pilla boqish, uni qayta ishlash yuzasidan Xitoy, Vetnam tajribalarining afzalliklari, pilla boqish jarayonlaridagi mavjud zamonaviy texnologiyalar, ularning ahamiyati va ustunliklari, sohada ayollar bandligini ta'minlash, yangi ish o’rinlarini yaratish, pillachilikda ozuqa bazasini shakllantirish, ipak qurti urug’lari inkubatsiyasini tashkil etishning asosiy talablari mavzularida taqdimotlar o’tkazilib, tushunchalar berildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram