Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA XORIJIY INVESTITSIYALAR HISOBIGA AMALGA OSHIRILAYOTGAN SMART-KARTALAR ISHLAB CHIQARISH LOYIHASI JORIY YIL IYUL OYIDA ISHGA TUSHIRILISHI REJALASHTIRILMOQDA
2024-02-07 21:25:30 1640
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Oman China Investment” kompaniyasi rahbari Charlz Suni qabul qildi.
Uchrashuvda Farg’ona shahridagi Ekoshahar hududida joylashgan kichik sanoat zonasida “Oman China Investment” kompaniyasi investitsiyalari hisobiga 0,42 gektar maydonda barpo etilayotgan Smart-kartalar ishlab chiqarish korxonasi loyihasining amalga oshirish jarayonlari, shuningdek, rejalashtirilayotgan yangi investitsion loyihalar muhokama qilindi.
Smart-kartalar (SIM, e-SIM kartalar, bank kartalari, mikrosxemali kartalar) ishlab chiqarish korxonasi qurilishi jadal borayotganini ma'lum qilgan Charlz Su, qurilish ishlari may oyida yakunlanishini, ishlab chiqarish jarayonlari joriy yil iyul oylarida boshlanishini bildirdi.
Ushbu korxona “Oman China Investment” kompaniyasi tomonidan viloyatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik investitsion loyihaning birinchi bosqichi bo’lib, keyingi bosqichlarda kompyuterlar hamda dasturiy ta'minot ishlab chiqarish korxonasi loyihasini hayotga tatbiq etish, Farg’ona shahrida hamda Rishton tumanida jahon standartlariga mos maktabgacha ta'lim muassasasi, maktab va o’quvchilar uchun yotoqxona tashkil etish, shuningdek, ko’rgazmalar markazi hamda Xitoy brendlari ulgurji savdo-logistika majmuasi barpo etish ko’zda tutilmoqda.
Bugungi muloqot davomida rejalashtirilayotgan loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish bo’yicha fikr almashildi, ushbu loyihalarni o’z vaqtida amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram