Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BUYUK BRITANIYANING WERNER CAPITAL INVESTITSION KOMPANIYASI FARG’ONADA CHIQINDINI QAYTA ISHLASH LOYIHASIGA 13 MLN. DOLLAR SARMOYA YO’NALTIRISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2024-02-08 19:29:11    1945

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Buyuk Britaniyaning chiqindilarni qayta ishlash sohasiga sarmoyalar kiritishga ixtisoslashgan Werner Capital investitsion kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Tomas Vernerni hamda uning mahalliy hamkorlarini qabul qildi.

Uchrashuvda Werner Capital kompaniyasining sarmoyalari hisobiga Farg’ona tumani Satkak qishlog’i yaqinida joylashgan markaziy chiqindixona hududida amalga oshirish rejalashtirilayotgan, qiymati 13 mln. dollar bo’lgan ikki bosqichli chiqindini qayta ishlash loyihasi muhokama qilindi.

Dunyoning qator davlatlarida bu sohaga salmoqli sarmoya kiritganliklarini, jumladan, Qozog’istonda 2009 yilda chiqindini qayta ishlash sohasiga kiritgan investitsiyalari ham muvaffaqiyatli bo’lganini qayd etgan Tomas Verner, hozirgi kunda qog’ozni hamda plastikni qayta ishlash borasida qo’shni davlatda eng yetakchi korxona bo’lib turganliklarini ma'lum qildi.

Rejaga ko’ra, “nol chiqindi” tamoyili asosida amalga oshirish ko’zda tutilayotgan loyihaning birinchi bosqichida 3 mln. dollar investitsiya yo’naltirilib, chiqindilarni ajratish hamda ularning kamida uchdan bir qismini ekologik toza usulda qayta ishlash yo’lga qo’yiladi. Ikkinchi bosqichda 10 mln. dollarlik loyihani amalga oshirish hisobiga ikkilamchi xomashyoga aylantirish imkoniyati bo’lmagan chiqindilardan RDF yoqilg’isi hamda qishloq xo’jaligi uchun kompost usulida organik o’g’it ishlab chiqarish belgilangan. Loyiha kunlik 500 tonna chiqindini qayta ishlash quvvatiga ega bo’ladi.

Muzokaralar natijasida viloyat hokimligi, Werner Capital investitsion kompaniyasi hamda mahalliy hamkor “Orgsell” kompaniyasi o’rtasida loyihani amalga oshirish bo’yicha uch tomonlama hamkorlik kelishuvi imzolandi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram