Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VA BELARUSNING GOMEL VILOYATLARI O’RTASIDA HAMKORLIK ALOQALARI YANGI BOSQICHGA KO’TARILADI
2024-02-08 21:23:03 2114
Kecha Toshkentda bo’lib o’tgan O’zbekiston va Belarus hududlararo ikkinchi forumi davomida Farg’ona va Belarusning Gomel viloyatlari o’rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy sohalarda o’zaro hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha “Yo’l xaritasi” imzolandi.
Forumda ikki davlatning 300 dan ortiq vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari, Savdo-sanoat palatalari, viloyat hokimliklari rahbarlari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdilar.
Hujjatni Farg’ona viloyati hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov hamda Gomel viloyati ijroiya qo’mitasi raisining o’rinbosari Andrey Konyushko imzoladilar.
Gomel viloyati Farg’onadan tekstil-to’qimachilik va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qilishga katta qiziqish qaratmoqda, o’z navbatida viloyatimizga Gomeldan maqbul narxlarda qishloq xo’jaligi texnikalari, chorva hayvonlari, yog’och-taxtalar yetkazib berish imkoniyatlari bor.
Viloyatimizda gomellik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda mebelsozlik va oziq-ovqat sanoati sohasida qo’shma investitsion loyihalarni amalga oshirish bo’yicha ish olib borilmoqda. Ikki viloyatdagi mavjud oliy ta'lim muassasalari o’rtasida mustahkam aloqalarni bog’lash, turizm yo’nalishida esa Farg’onaga Gomeldan to’g’ridan to’g’ri aviaqatnovlarni yo’lga qo’yish borasida ham dastlabki kelishuvlar mavjud.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram